HECH QANDAY ALOMATLAR KUZATILMAYOTGAN ODAMDAN COVID-19 YUQISHI MUMKINMI
Virus asosan yo’talish yoki aksa urganda odamning nafas yo’llaridan ajralib chiqadigan kichik tomchilar orqali tarqaladi. Hech qanday alomatlar kuzatilmagan bemorlardan esa bu holda virusning yuqishi xavfi juda pastdir.
Boshqa tomondan, ko’p odamlarda COVID-19 alomatlari juda yengil darajada bo’ladi. Bu, ayniqsa, kasallikning dastlabki bosqichlarida kuzatiladi. Shunday qilib, o’zini kasal his qilmasada, faqat yengil yo’talayotgan odamdan COVID-19 yuqishi xavfi mavjud.
JSST ma’lumotlariga ko’ra, virus bemorning axlati orqali yuqishi ehtimoli ham mavjud. Biroq bu ko’rsatkich juda kichik bo’lib, kasallikning tarqalishida asosiy rol o’ynamaydi. Bunday xavfning mavjudligi hojatxonadan chiqqach va ovqatdan oldin qo’llarni yaxshilab yuvish muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.
KORONAVIRUSDAN SAQLANISH VA OLDINI OLISH CHORALARI
SHAXSIY EHTIYOT CHORALARI
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti veb-saytida, shuningdek mamlakatimiz sog’liqni saqlash idoralari va mahalliy hamjamiyatida mavjud bo’lgan COVID-19 tarqalishi haqida eng so’nggi ma’lumotlardan xabardor bo’lib borish muhimdir.
COVID-19 infektsiyasining eng katta ko’lami 2020-yil mart holatiga ko’ra Xitoyda kuzatilgan, aprel oyining o’rtalarida esa AQSh kasallanganlar bo’yicha yetakchilikka erishdi, kasallik aniqlanmagan mamlakatlar qolmadi. Ko’pgina hollarda kasallik yengil kechish bilan tavsiflanadi va tiklanish bilan tugaydi, garchi asoratlar yuzaga kelishi mumkin bo’lsa-da.
Siz o’zingiz va boshqalarning sog’lig’ini quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda himoya qilishingiz mumkin:
Spirt saqlovchi mahsulotlar bilan qo’llarni muntazam artib turish yoki ularni sovun bilan yuvish.
Nima uchun kerak? Qo’llar yuzasida virus bo’lsa, spirt saqlovchi vositalar bilan artish yoki ularni sovun bilan yuvish viruslarni nobud qiladi.
Yo’tal yoki aksirayotgan odamlardan kamida bir metr masofada turish.
Do'stlaringiz bilan baham: |