Korpativ moliya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
-jadval ChEKI “Savdogarbank” ATB iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Download 136.5 Kb.
|
“Savdogar” aksiyador-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar 01.01.2016 01.01.2017
2-jadval
ChEKI “Savdogarbank” ATB iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Savdogarbank 2017 yilda ham bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bankning barqaror o‘sib borayotganligini namoyish qildi (3-ilova). Boshqa banklar bilan vakillik munosabatlarining yanada taraqqiy topishi Savdogarbankka o‘z mijozlarining eksport-import operatsiyalari bo‘yicha xalqaro to‘lovlarning yangi son va sifat darajasida amalga oshirilishiga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish imkonini berdi. Mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish va xalqaro andozalarga mos ishlash usullarini amalga oshirish maqsadida Savdogarbank “SWIFT” xalqaro to‘lov tizimiga a’zo bo‘lgan. Mijozlar bilan ishlash uslublarini muntazam takomillashtirish va bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish mijozlar sonini yildan-yilga o‘sib borishiga asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda Savdogarbank keng doiradagi mijozlar bilan hamkorlik qilmoqda. Ularning tarkibida yirik sanoat korxonalari, qo‘shma korxonalar, qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish, kichik biznes korxonalari, xususiy tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari mavjud. Ushbu ishlar natijasida Bank xizmat ko‘rsatayotgan mijozlar soni (jismoniy shaxslar bilan birgalikda) yildan-yilga ortib bormoqda va bu ko‘rsatkich 2018 yil yakuni bo‘yicha 293 336 taga yetdi (4-ilova). 2018 yil ma’lumotlari bankning barqaror o‘sib borayotganligini namoyish qiladi. Bank aktivlari miqdori 2019 yil 1 yanvar holatiga 678 mlrd. so‘mga yetdi. 2018 yil avgustda “Moody’s” xalqaro reyting kompaniyasi Bankning kreditga layoqatliligi bo‘yicha “Barqaror” reytingini qayta tasdiqladi. Bunday reyting bank o‘z aksiyadorlari, mijozlari va hamkorlarining ishonchini oqlayotganidan, qolaversa, tom ma’noda “barqaror” moliya-kredit muassasasi ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida bank mijozlarga imkon qadar yaqin bo‘lish, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida respublikamiz hududida 20ta filial, 18ta minibank va 28ta maxsus kassa hamda 24ta xalqaro pul o‘tkazish shoxobchalari orqali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. PQ-3620-sonli Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar filiali ishini namunaviy filial sifatida tashkil etildi. Shuningdek, bankning 9ta filiali, ya’ni Do‘stlik, Shayxontohur, Samarqand viloyat, Ishtixon, Zangiota, Amaliyot boshqarmasi, Xorazm viloyat, Navoiy viloyat va Farg‘ona viloyat filiallari namunaviy filial andozasiga moslashtirildi. 12ta filial esa, ya’ni Andijon viloyat, Buxoro viloyat, To‘rtko‘l, Namangan viloyat, Qashqadaryo viloyat, Ulug‘bek, Urgut, Denov, Qibray, G‘azalkent filiallari front va bek-ofis hududlariga ajratildi. So‘nggi vaqtlarda bank xizmatlari iste’molchilari huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga katta e’tibor berilayotganini inobatga olib, Bankning Markaziy devonida “Ishonch telefoni” joriy qilindi. Mazkur tizim mijozlarimiz bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, bank mijozlari bo‘lmaganlardan kelib tushayotgan og‘zaki murojaatlarni tezkorlik bilan joyida hal etish, bank filiallari va mini-banklari hamda shoxobchalarida taklif qilinayotgan bank xizmatlari to‘g‘risidagi to‘liq va batafsil ma’lumotlarni murojaat etuvchilarga taqdim etish imkonini bermoqda hamda bank xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan teskari aloqani jonlantirish va ular bilan fikr almashishda juda qo‘l kelmoqda. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling