Korpativ moliya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati


Download 136.5 Kb.
bet2/8
Sana28.09.2023
Hajmi136.5 Kb.
#1688735
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Savdogar” aksiyador-j

1. Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati
Har bir mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini maksimal darajada qondirish, faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish, shuningdek o‘zaro manfaatli hamkorlik – Bankning ham korporativ, ham xususisy mijozlar bilan ishni tashkil etishdagi asosiy tamoyillaridir.
Bankning to‘liq nomi: Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogarbank” aksiyadorlik tijorat banki.
Bank tashkil etilgan sana: 1994 yil 12 may, 2006 yil 21 iyundan O‘zbekiston-Germaniya “Savdogar” aktsiyadorlik tijorat banki sifatida qayta tashkil etilgan. Markaziy bankning 2012 yil 8 iyundagi 16/5-sonli qaroriga asosan, 17 maydan Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki qilib o‘zgartirildi.
Uyushmalar, to‘lov tizimlari va birjalarga a’zoligi:
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi a’zosi;
Respublika valyuta birjasi a’zosi;
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi qatnashchisi;
SWIFT xalqaro to‘lov tizimi a’zosi;
“WesternUnion”, “Золотая корона”, “Anelik”, “Interexpress”, “Migom”, “Contact” va “Lider” xalqaro pul o‘tkazish tizimlari operatori hisoblanadi.

Bank auditori: “PricewaterhouseCoopers” auditorlik firmasi.


Aksiyadorlari 8079 yuridik va jismoniy shaxslardan iborat (2017-yil). Bankning yirik aksiyadorlari quyidagilar:
“ASTRATA AG” (Shveysariya);
“ALL AMERICAS INTERNATIONAL, INC.” (AQSh);
“KITO INVESTMENTS PTE. LTD” (Singapur);
“XORAZM SHAKAR” qo‘shma korxonasi;
“Samarqand choy qadoqlash fabrikasi” xorijiy korxonasi;
“SHAKAR INVESTMENT” qo‘shma korxonasi;
“ILK PLYUS” investorlar uyushmasi;
“ARDUS” qo‘shma korxonasi;
“DINUS NON” qo‘shma korxonasi.
ChEKI “Savdogarbank” ATB keng tarmoqli universal banklardan biri boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda, tumanlarda 50 ta boʻlimi, 24 minibanki ishlaydi. Bank respublikadagi turli tarmoq korxonalariga bank xizmatlarini koʻrsatadi. Jumladan, savdo korxonalari bilan xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi savdokredit operatsiyalari va hisobkitoblarni mablagʻ bilan taʼminlash, lizing, faktoring, hujjatli inkasso va hujjatli akkreditivlar, eksportimport bitimlarini rasmiylashtirish, “bankmijoz” masofadan turib hisobraqamlarga xizmat koʻrsatish, avtokreditlar berish kabi xizmatlarni amalga oshiradi. ChEKI “Savdogarbank” ATB tomonidan ishlab chiqarish mikrofirmalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik va oʻrta biznes korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklariga hamda yakka tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratishga alohida eʼtibor qaratiladi.
AT“Savdogarbank”ning “Savdogar-mobile” ilovasi, “Internet-banking”, “Mobile-banking” kabi masofadan xizmat ko‘rsatish dasturlari orqali yoki 24/7 rejimida uzluksiz o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari orqali bank tizimidagi barcha o‘tkazmalaringizni amalga oshirishingiz mumkin. Shoxobcha zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bankomat, infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan (1-ilova).
Shuningdek, bankning korporativ plastik kartochkasiga ega bo‘lgan mijozlar “Internet-banking”, “Mobile-banking” kabi masofadan xizmat ko‘rsatish dasturlari orqali o‘z korporativ kartochkalari hisobvarag‘ida kunning istalgan vaqtida pul o‘tkazishlari mumkin.
Aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bankka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, sifatli bank xizmatlarini taklif etish hisobidan bank tizimida raqobatbardoshlik muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Savdogarbank Boshqaruvining tarkibi:
1. Mansurov S.M. – Boshqaruv Raisi
2. To‘ychiyev J.I. – Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari
3. Alimov E.Z. – Bosh buxgalter
4. Silantev S.A. – Tashqi iqtisodiy aloqalar va valyuta amaliyotlari boshqarmasi boshlig‘i
5. Xusanov Q.N. – Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i.
Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogarbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashining tarkibi:
1. Usmonov M.Z, - O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatori, Bank Kengashi Raisi
2. Siradjiddinov F.N. – “XORAZM SHAKAR” qo‘shma korxonasi Bosh direktori, Bank Kengashi a’zosi
3. Margiyev A. – “ALL AMERICAS INTERNATIONAL, INC.” korporatsiyasi prezidenti, Bank Kengashi a’zosi
4. Urazboyev E.A. – “ILK PLYUS” investorlar uyushmasi Bosh direktori, Bank Kengashi a’zosi
5. Usmonov S.B. – “SHAKAR INVESTMENT” qo‘shma korxonasi Bosh direktori, Bank Kengashi a’zosi
6. Umarov M.M. – “DINUS NON” qo‘shma korxonasi Bosh direktori, Bank Kengashi a’zosi
7. Yuldashev X.A. – “DINUS NON” qo‘shma korxonasi Bosh direktori o‘rinbosari, Bank Kengashi a’zosi
8. Ibodov Z.B. – “ARDUS” qo‘shma korxonasi Bosh direktori o‘rinbosari, Bank Kengashi a’zosi
9. Kim E.B. – “ILK PLYUS” investorlar uyushmasi Bosh buxgalteri, Bank Kengashi a’zosi
Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogarbank” aksiyadorlik tijorat banki tashkiliy tuzilmasi (1-jadval).
Bankning asosiy vazifalari respublikaning savdo tashkilotlariga xizmat ko‘rsatishdan, savdo tashkilotlari bilan xalq xo‘jalik boshqa tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi savdo-xarid operatsiyalari va hisob-kitoblarni mablag‘ bilan ta’minlashdan iborat (2-ilova).
Bankning ustuvor vazifalari quyidagicha:
Mijozlar bazasini kengaytirish hamda undagi korporativ klientlar hissasini ko‘paytirish;
Faoliyat turlarini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash;
Tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish va bankning valyuta zaxiralarini ko‘paytirish;
Mijozlar bilan bo‘lgan o‘zaro ta’sir tizimini takomillashtirish hisobiga bankning savdo-sotiq va daromad olish hajmini o‘stirish;
Aktivlarni diversifikatsiya qilish;
Bank texnologiyalarini rivojlantirish, yuksak mehnat unumdorligiga erishish;
Bank xizmatlari hammabopligini rivojlantirish;
Daromadlarni va bank rentabelligini oshirish hisobiga barqaror rivojlanishni ta’minlash;
Kapitallashuv darajasini oshirish hisobiga bankning resurs bazasini mustahkamalash .
ChEKI “Savdogarbank” ATB iqtisodiy ko‘rsatkichlari yildan-yilga o‘sib bormoqda buni yillik bank hisobotlarida ko‘rishimiz mumkin (2-jadval).



Download 136.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling