Korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli


Moliyalashtirish manbalari va


Download 209.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.11.2023
Hajmi209.11 Kb.
#1792003
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

Moliyalashtirish manbalari va 
usullarini tanlash 
Mulkdorlar mulkini maksimallashtirish 
Investitsion qarorlar 
qabul qilish 
Sof foydani taqsimlash 
Div
id
en

to
ʻlash
m
ex
an
izm
in
i ish
lab
ch
iq
is
h
Fo
y
d
an
i ta
q
sim
lash
m
ex
an
izm
in
i ish
lab
ch
iq
is
h
Mol
iya
las
ht
ir
ish
usul
ini
t
an
las
h
Mol
iya
las
ht
ir
ish
m
anb
as
ini
bel
g
il
as
h
las
h
D
ar
om
adl
il
ikn

bel
g
il
as
h
Zar
ar
si
zl
ik
nuqt
asi
n

bel
g
il
as
h


Shuningdek, moliyaviy menejerdan erishilgan foydadan foydalanish boʻyicha 
shunday 
siyosat 
ishlab 
chiqish 
talab 
qilinadiki, 
natijada 
investorlar 
(aksiyadorlar)ning manfaatlari qanoatlantirilishi lozim. Bunda dividend siyosatini 
tanlash investorlarning tiplari va shartlariga koʻp jihatdan bogʻliq. Umumiy holda 
dividend siyosati bir tomondan kompaniya strategik maqsadlari bilan muvofiq 
kelishi, ikkinchi tomondan aksiyadorlar manfaatlarini qanoatlantira olishi zarur. 
Odatda kichik biznes sub‘ektlari moliyaviy menejment sohasidagi 
mutaxassislarni jalb qilmaydilar. Ba‘zida bu vazifani mos bilimlarga ega boʻlgan 
yagona yoki yirik mulkdor sanalgan kompaniya direktori bajaradi. Umuman olganda 
esa butun moliyaviy boshqaruv bilan bosh hisobchi shugʻullanadi. 
Biznesning yiriklashib borishi bilan kompaniyalarda alohida shtat birligida 
moliyaviy menejerni qabul qilish imkonini topish foydadan holi boʻlmaydi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimiz kichik biznesda moliyaviy menejment sohasini olib 
borayotgan hisobchilarning korporativ moliyani boshqarishning zamonaviy 
yondashuvlarini tushunishi va amalda qoʻllay olishi soha rivojiga, korxonaning uzoq 
muddatli muntazam oʻsib borishiga zamin yaratadi. Zero bugungi kun amaliyoti 
risklarni boshqara oluvchilarni haqiqiy moliyachi sifatida tan olmoqda. 
Bugungi kunda oʻz xususiy biznesini boshlayotgan har bir shaxs faoliyat 
turidan qat‘iy nazar quyidagi uchta savolga javob bera olishi talab etiladi: 
1. Sizga qancha miqdorda uzoq muddatli investitsiyalar zarur boʻladi? Ya‘ni 
siz qaysi sohada faoliyat koʻrsatmoqchisiz va unda qanday turdagi binolar, uskuna 
va inshootlar talab qilinadi? 
2. Oʻz faoliyatingizni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun qanday 
manbalardan 
foydalanmoqchisiz? 
Bunda 
oʻzingizga sherik ham jalb 
qilmoqchimisiz? 
3. Kundalik moliyaviy operatsiyalarni qanday tartibda boshqarmoqchisiz? 
Keltirilgan masalalar bugungi kunda korporativ moliyani boshqarishda oʻta 
muhim masalalar hisoblanadi. 
Odatda aksiyadorlarning har kunlik faoliyat bilan bogʻliq qarorlar qabul qilish 
jarayonida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etmasligi yirik kompaniyalar moliyaviy 
boshqaruvidagi farqli xususiyat hisoblanadi. Buning oʻrniga korporatsiya menejerlar 
yollaydi. Menejerlar ta‘sischilar manfaatlari uchun faoliyat yuritadi va ular nomidan 
qarorlar qabul qiladi. Yirik korxonalarda yuqorida keltirilgan uchta savolga 
moliyaviy menejer javob beradi. 
Moliyaviy boshqaruv funksiyalari odatda kompaniyaning yuqori darajadagi 
rahbarlariga yuklatiladi, masalan moliyaviy masalalar boʻyicha boshqaruv raisi 
oʻrinbosari (rivojlangan davlatlarda vitse-prezident) yoki moliyaviy direktor (CFO 
– chief financial officer). 
Korporativ tuzilmalar faoliyatida moliyaviy menejer uchta masalani hal 
qilish borasida qaygʻurishi lozim. Bu masalalar quyidalar: 
- kapital qoʻyilmalar budjetini tuzish; 
- kapital tarkibini optimallashtirish; 
- aylanma kapitalni boshqarish. 
Ularning har biriga toʻxtalib oʻtamiz. 


Kapital qoʻyilmalar budjetini tuzish – bu korxonada uzoq muddatli 
investitsiyalarni rejalashtirish va boshqarish jarayonidir. Rejalashtirishning mazkur 
jarayonida moliyaviy menejer korxona uchun ahamiyatli boʻlgan investitsion 
imkoniyatlardan foydalanish orqali ularni oʻzlashtirishga harakat qiladi. Kapital 
qoʻyilmalar budjetini tuzishda kutilayotgan pul mablagʻlari tushumlari miqdori va 
muddati, ularning kelib tushish yoki tushmaslik ehtimoli kabi masalalarga ham 
e‘tibor qaratiladi. 
Kapital tuzilmasi – bu qarz kapitali va xususiy kapitalning oʻzaro 
yigʻindisidir. Moliyaviy menejer bu masalada korxonaning uzoq muddatli 
investitsiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyavy resurslarni jalb qilish 
manbalariga e‘tibor qaratadi. Firmaning kapital tuzilmasi oʻz operatsiyalarini 
moliyalashtirish uchun foylaniladigan xususiy kapital va uzoq muddatli 
qarzdorlikning yigʻindisini oʻzida ifodalaydi. Bu sohada moliyaviy menejer oldida 
har doim muammoli vaziyat paydo boʻladi. Birinchidan, qancha miqdorda qarz 
mablagʻi olish lozim, boshqa tomondan qarz kapitali va xususiy kapital oʻzaro 
nisbati qanday holatda optimal hisoblanadi. Bunda tanlangan nisbat risklilik 
darajasiga va kompaniya bozor qiymatiga ta‘sir koʻrsatmaslik kerak. Ikkinchidan, 
firma uchun afzal qanday moliyalashtirish manbalari mavjud. 
Aylanma kapitalni boshqarishda esa asosiy e‘tibor pul mablagʻlari tushumini 
ta‘minlash va majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashga yoʻnaltiriladi. 

Download 209.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling