Korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli
Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy menejerning asosiy
Download 209.11 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompaniyalarda moliyaviy menejerning vazifalari
2.2. Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy menejerning asosiy
vazifalari Moliyaviy menejerning vazifalarini beshta asosiy yoʻnalishga ajratish mumkin: 1. Investitsion loyihalar jozibadorligini baholash va ularning ichidan iqtisodiy samara keltiradigan va aksiyador mulkining ortishiga xizmat qiladigan loyihalarni tanlash. 2. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari va usullarini aniqlash va belgilash. 3. Kompaniya likvidliligi va toʻlovga layoqatliligini samarali boshqarish. 4. Faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarni baholash va boshqarish. 5. Investorlar (aksiyadorlar) manfaatlarini qanoatlantiruvchi foydani taqsimlash siyosati (mexanizmi)ni ishlab chiqish va amalga oshirish. Moliyaviy menejerning vazifalarini sxema tarzida quyidagi koʻrinishda aks ettirish mumkin (5-rasm). 5-rasm. Kompaniyalarda moliyaviy menejerning vazifalari Yuqorida keltirilgan vazifalar ijrosini moliyaviy menejerlar tomonidan bajarish jarayonida moliyaviy risklarga ham alohida e‘tibor qaratiladi. Kompaniyalar uchun eng muhim resurs pul hisoblanadi. Chunki uni har qanday boshqa aktivga almashtirish mumkin. Kreditlar boʻyicha foizlar va dividendlar ham pul shaklida toʻlanishi lozim. Shuning uchun biznesning muvaffaqiyati koʻp jihatdan pul mablagʻlarini jalb qilish va ishlab topish boʻyicha kompaniya imkoniyatlariga bogʻliq. Moliyaviy menejer kelgusi jarayonlar uchun ham pul mablagʻlari tushumlari va xarajatlarni baholay olishi, moliyaviy rejalashtirish bilan bogʻliq ishlarni tashkil eta olishi talab etiladi. Shunday ekan, moliyaviy menejerning vazifasi kelgusi pul oqimlari harakati (pul mablagʻlari kirimi va chiqib ketishi) ehtimolini hisobga olishi va toʻgʻri belgilashi lozim. Boshqacha aytganda moliyaviy menejer loyihalar boʻyicha risklarni baholay olish va ularni boshqarishni bilishi shart. Davlat iqtisodiy siyosati biznes yuritish shartlariga amaliy ta‘sir koʻrsatadi. Ma‘lumki, bunda davlatning ta‘sirini talab va taklifga, foiz stavkalari va bank kreditlaridan tadbirkorlarning foydalana olish imkoniyatiga, kapital bozoriga, narxlarga, raqobatga va boshqalarda koʻrish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda moliyaviy menejer qabul qilinishi kutilayotgan iqtisodiy islohotlarning kompaniya faoliyatiga ta‘sirini va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini oldindan tahlil qila olishi talab etiladi. Bu jihatga korporativ moliyaviy strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishda jiddiy e‘tibor qaratiladi. Ma‘lumki, har qanday kompaniyada moliyalashtirishning ikkita prinsipial manbasi boʻlishi mumkin. Bular qarz mablagʻlari va xususiy mablagʻlar. Ularni tanlash va kompaniyani moliyalashtirish tarkibidagi ulushini belgilash koʻp jihatdan uning iqtisodiy samaradorligiga bogʻliq. Bundan tashqari mijozlarni kreditlash siyosati, qarzlarni undirish, qisqa muddatli ehtiyojlarni moliyalashtirish usullari ham kompaniya faoliyat samaradorligini aniqlashda va qarzlar boʻyicha foizlarni toʻlash imkoniyatini baholashda katta ahamiyat kasb etadi. Aynan keltirib oʻtilayotgan jihatlardan kelib chiqqan holda moliyaviy menejer biznesni moliyalashtirishning eng foydali yoʻllarini belgilab bera olishi lozim. Download 209.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling