Korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli
Oʻzbekistonda korporativ boshqaruvni rivojlantirish boʻyicha
Download 209.11 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
2.3. Oʻzbekistonda korporativ boshqaruvni rivojlantirish boʻyicha
amalga oshirilayotgan islohotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi ―Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi farmoni asosida mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlaridagi moliyaviy boshqaruvni takomillashtirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, boʻlajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta‘minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratishda ham mazkur farmon alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan: - xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish; - chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish; - eski boʻlinmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi boʻlinma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish; - aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta‘minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish; - yetakchi xorijiy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilish. Yetakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur oʻrganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar va aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari bilan hamkorlikda uch oy muddatda aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasini ularning tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda, namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirishni ta‘minlashi lozimligi belgilandi. Shuningdek, davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibini uch oy muddatda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va prinsiplari, menejment va marketingni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ularni ishlab chiqarishni boshqarish tizimida qoʻllay bilishi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish, attestatsiya yakunlari boʻyicha boʻshagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy menejerlarni jalb etish choralarini koʻrish masalalariga e‘tibor qaratilgan. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining Germaniya hamda boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarning yetakchi ta‘lim muassasalarini jalb etgan holda, tugatiladigan Oliy biznes maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazini tashkil etish, uning zimmasiga korporativ boshqaruvning tashkiliy shakllari va zamonaviy uslublarini joriy qilishni metodik ta‘minlash, shuningdek, xalqaro talab va standartlarga muvofiq ushbu sohada boshqaruv xodimlarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish vazifasini yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni belgilangan tartibda qabul qilsin va uning vazifalari, tuzilmasi, tinglovchilarni qabul qilish kvotasi, shuningdek, markazning samarali faoliyatini ta‘minlash choralarini belgilamoqda. Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora- tadbirlar dasturi qabul qilingan boʻlib, unda asosiy yoʻnalishlar belgilab berilgan. 2015-yil 1-iyuldan boshlab aksiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror, odatda, xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov asosida qabul qilinadi; aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar xoʻjalik sudiga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgani haqida da‘vo arizasi bilan murojaat qilganda, ularga davlat bojini toʻlash muddati uzaytiriladi va bu boj aybdor tomonidan undiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Germaniya hamda boshqa rivojlangan davlatlarning muvaffaqiyatli tajribasi asosida 2015-yil 1-avgustga qadar Korporativ boshqaruv kodeksini ishlab chiqish belgilangan va xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda yagona hujjatda quyidagilar aks etishi nazarda tutilgan: - korporativ boshqaruvning ilgʻor uslublarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar, jumladan, uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan samarali oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash; - aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining koʻlami, tarmoq xususiyatlari va yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish; - aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish. 2015 yilning 1 iyulidan aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat‘i nazar, «davlat» soʻzidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyildi. 2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni oʻtkazishi ma‘lumot uchun qabul qilindi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlasin. Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash; xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad soligʻi, toʻlov manbaidan olinadigan daromad soligʻi, shuningdek, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy sugʻurta badallaridan ozod etiladi. Download 209.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling