Korporativ tuzilmalarda soliq menejmentini tashkil etish


Korporativ soliq menejmentida soliqlarni optimallashtirish usullari


Download 46.05 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi46.05 Kb.
#1552896
1   2   3
Bog'liq
Mavzu-13

3. Korporativ soliq menejmentida soliqlarni optimallashtirish usullari
Korxonalar miqyosida soliqlarni optimallashtirish usullari o‘zining tabiatiga ko‘ra turli xil ko‘rinishga ega. Ulardan eng keng tarqalgani 1-rasmda aks ettirilgan.

1-rasm. Soliqlarni optimallashtirish usullari
Bu usullarning har birini batafsil ko‘rib chiqamiz. Munosabatlarni almashtirish metodining mohiyati shundaki, korxona o‘zining kontragentlari bilan xo‘jalik operatsiyalarini yuridik jihatdan rasmiylashtirish jarayonida qabul qilingan qarorlarning soliq oqibatlarini hisobga olgan holda shartnomaviy munosabatlarga kirishadi. Shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha turli xil stavkalar qo‘llanilishi soliqqa tortish ko‘rsatkichlarining ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Natijada korxona huquqiy munosabatlarda deyarli bir xil, lekin soliqqa tortishda imtiyozli rejimga ega bo‘lishga harakat qiladi. Ya’ni bunda xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy mohiyati o‘zgarishsiz qoladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, huquqiy munosabatlarda barcha huquq va majburiyatlarni shartnomalar tuzish jarayonida inobatga olish noqonuniy hatti-harakatlarni qisqartirishga sabab bo‘ladi.
Misol uchun O‘zbekiston soliqqa tortish amaliyotida mahsulotlarni eksportga sotish bo‘yicha shartnomalar tuzishga o‘tish mahsulotlarni eksportga sotish bo‘yicha belgilangan soliqqa tortish rejimiga mos keladi va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish bo‘yicha 0% lik stavka qo‘llanilishiga olib keladi.
Asosiy vositalar bo‘yicha savdo-xarid shartnomalarini almashtirish bo‘yicha lizing shartnomalarini qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki lizingga berilgan asosiy vosita lizing oluvchining balansida aks etadi. Natijada korxona lizingga berilgan ob’ekt bo‘yicha lizing to‘lovlari bo‘yicha tushumga ega bo‘ladi, mol-mulk solig‘i bo‘yicha xarajatlari qisqaradi.
Korxonaning mehnatga haq to‘lash tizimi bo‘yicha siyosatidan kelib chiqqan holda ish natijalari bo‘yicha har xil rag‘batlantiruvchi mukofotlarni tartibga solish (almashtirish) jarayonida to‘lanadigan mukofot summalari xarajatlarini foyda solig‘iga tortish jarayonida qayta qo‘shilishini inobatga olish maqsadga muvofiq.
Munosabatlarni taqsimlash metodi almashtirish metodi kabi bir xil mavqega egalik, ya’ni tenglik tamoyiliga asoslanadi, lekin mazkur holatda bir xo‘jalik munosabatini almashtirish ko‘zda tutilmaydi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, oddiy xo‘jalik operatsiyalari tizimida munosabatlarni taqsimlash murakkab jarayon hisoblanadi va birinchi navbatda mustaqil vazifalarni belgilash orqali amalga oshiriladi.
Masalan, binoni rekonstruktsiya qilish bo‘ycha operatsiyalarda rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash xarajatlarini taqsimlay bilish maqsadga muvofiq. Bunda xarajatlar asosiy vositalar qiymatining oshishiga sabab bo‘ladi va sof foyda yoki korxonaning boshqa aktivlari hisobiga amalga oshiriladi. Mahsulot tannarxining oshishiga sabab bo‘ladi va o‘z navbatida foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi.
Mulk bo‘yicha savdo-xarid shartnomalarini taqsimlash paytida xususiy savdo-xarid shartnomasi va informatsion-kosultativ xizmat ko‘rsatish shartnomasi summasini hisobga olgan holda ikkinchi shartnoma bo‘yicha to‘langan summa bir vaqtning o‘zida mahsulot tannarxiga kiritiladi. Natijada, mulk qiymati kamayadi va o‘z-o‘zidan mol-mulk solig‘i summasi ham kamayadi; xizmat ko‘rsatish xarajatlari amortizatsiya sifatida bir necha yil davomida emas, balki faqat bir marta chegiriladi.
Soliq to‘lovlarini kechiktirish metodi soliqlarni soliqqa tortish obyekti paydo bo‘lgan vaqtni kalendar davri (yil, chorak, oy)ga bog‘liq ravishda to‘lash muddatini uzaytirishga asoslanadi.
Soliqqa tortish obyektini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qisqartirish metodi operatsiyalarni yoki mulkni soliqqa tortiladigan ob’ekt qatoridan chiqarishni o‘zida aks ettirib, korxona xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunda quyidagilardan foydalanish mumkin:

  • savdo-xarid operatsiyalarini takomillashtirish paytida soliqqa tortish obyektini qisqartirish va tovar (ish, xizmat)lar narxini oshirish;

  • mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyektini inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan, fizik jihatdan yaroqsiz yoki ma’naviy jihatdan eskirgan mulklarni hisobdan chiqarish orqali qisqartirish;

  • soliqqa tortiladigan mulk qiymatini qayta baholash o‘tkazish orqali qisqartirish (deflyatsiya sharoitida);

Soliq majburiyatlarini taqsimlash metodi korxonada asosiy soliq to‘lovlari bo‘yicha maxsus javobgarlikni belgilaydi. Bunda tashkil etilgan javobgarlikdan kelib chiqqan holda fiskal bosimni kamaytirishga harakat qilinadi. Mazkur soliq ajratmalarini kamaytirish usulini amalga oshirish uchun soliqlarni rejalashtirishdan foydalaniladi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va soliq to‘lovchilar guruhlari bo‘yicha qonuniy o‘rnatilgan imtiyozlar va preferentsiyalardan foydalanish metodi alohida soliqqa tortish rejimlari o‘rnatilgan, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy o‘sishni va mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydigan alohida sohalar, faoliyat turlari (qishloq xo‘jaligi, telekommunikatsiya, ilm-fan va tajriba-konstruktorlik ishlari), soliq to‘lovchilarning alohida guruhlari (kichik biznes obyektlari, maxsus bitimlar asosida faoliyat yurituvchi investorlar), alohida hududlar (erkin industrial-iqtisodiy zonalar), ijtimoiy masalalarni hal qilishda qatnashuvchi tashkilotlar (nogironlarni ish bilan ta’minlash, notijorat tashkilotlariga va sport musobaqalarini o‘tkazishga homiylik yordamlarini ko‘rsatish); eksportga yo‘naltirilgan tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar va boshqa obyektlar uchun foydali hisoblanadi.
Yurisdiktsiyani almashtirish metodida korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini va boshqaruv binosini imtiyozli soliq tartiblaridan kelib chiqib joylashtiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan metodlar anchayin ajratuvchan (bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi mavjud bo‘lmagan) va qisqa muddatli. Soliqlarni optimallashtirishning bunday metodlarini tanlash korxonaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi (sotish, foyda va boshqa ko‘rsatkichlarning o‘sishi)ga erishishida samaralidir. Bu jarayon oraliq vaqtlar davomida xarajatlarni kamaytirish hisobiga korxonaning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishi va moliyaviy barqarorligi kelajakda ta’minlanadi.
Korporativ soliq menejmentida rejalashtirilayotgan davr uchun soliq to‘lovlari summalarini prognozlash, ya’ni byudjetlashtirish alohida ahamiyatga ega. Soliqli byudjetlashtirishsiz korxona umumiy byudjetining samaradorligi va realligini ta’minlash ancha murakkabdir.
Soliqni byudjetlashtirish korporativ soliqlarni rejalashtirish, tartibga solish va nazorat, shuningdek xo‘jalik obyektida soliq oqimlarini optimallashtirishning jamlangan usulining natijaviy qismi bo‘lib hisoblanadi. Soliqni byudjetlashtirish soliq foydasini yuqori darajada olish maqsadida soliq daromadlari va xarajatlari doirasida qabul qilingan qarorlar samaradorligidan kelib chiqqan holda optimal qarorlarni tanlashga asoslangan. Soliqni byudjetlashtirishning yakuniy maqsadi korxonaning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Korporativ miqyosda soliqlarni byudjetlashtirish korxonada ishlab chiqilgan soliq byudjetida aks etishi lozim.


1 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. 123-модда. – Т.: «Ўзбекистон», 2015.

2 Евстигнеев Е.Н. Налоги и налогообложение. 2-е изд. – СПб.: «Питер», 2006. – С. 223.

3 Евстигнеев Е.Н. Налоги и налогообложение. 2-е изд. – СПб.: «Питер», 2006. – С. 224.

Download 46.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling