Korreksion ishning asosiy yo‘nalishlari Korreksiya
Xulosa qilib aytganda, korreksion rivojlantiruvchi dastur 3 ta vazifani bajarishi lozim
Download 157.5 Kb.
|
1545026897 73296
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik korreksiya tamoyillari
Xulosa qilib aytganda, korreksion rivojlantiruvchi dastur 3 ta vazifani bajarishi lozim:
Korreksion buzilish va ortda qolishni tuzatish. Profilaktik - buzilish va ortda qolishni oldindan aniqlash. Rivojlantiruvchi - taraqqiyot mazmunini boyitish, optimallashtirishga qaratilganlik. Shu 3 ta dasturlarning birgalikda olib borilishi kutilgan natijalarni berishi mumkin. Psixologik korreksiya tamoyillari Korreksiya va psixologik diagnostikaning birligi tamoyili amaliy defektolog ishi sifatidagi nutqida kamchiligi bo‘lgan ni rivojlantirish va unga psixologik yordam berish alohida, yaxlit jarayon ekanini aks ettiradi. Kauzal ko‘rinishdagi korreksiyaning ustivorligi tamoyili korreksiyaning ikki toifasi farqlanadi: simptomatik va kauzal. Simptomatik korreksiya mazkur taraqqiyot qiyinchiliklarining tashqi alomatlarini bartaraf etishga qaratilsa, kauzal toifadagi korreksiya mazkur muammolarni vujudga keltirayotgan sabablarni yo‘q qilishga qaratiladi. Ikkinchi toifadagi korreksiya o‘z ustivorligini yo‘qotmasligi lozim. Korreksiyaning faoliyatga doirligi tamoyili ning nazariy asoslari A.N.Leontev, D.B.Yelkonin asarlarida ishlab chiqilgan. Uning diqqat markazida bolaning psixik taraqqiyotida faoliyatning alohida o‘rni mavjudligi turadi. Nutqida kamchiligi bo‘lganning psixologik va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyilini nutqida kamchiligi bo‘lganning psixik va shaxs rivojlanishining me’yortiv taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarxususiyatlarini hisobga olish, uni o‘z yo‘lini o‘zi belgilashiga yo‘l ochadi. Korreksiyaga nutqida kamchiligi bo‘lgan ning ijtimoiy muqitidagi yaqin kishilarni jalb etish tamoyili nutqida kamchiligi bo‘lgan ning psixik taraqqiyoti uning atrofidagilarning roli bilan belgilanishi mumkinligini e'tirof etadi. Bola o‘z yonidagi kattalar bilan aloqador holda, birgalikdagi faoliyati orqali baholanadi. Zotan bola tevarak-atrofdagilardan ajralgan qolda emas, balki ular bilan birgalikda rivojlanadi. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarto‘g‘ri tashkil etilgan korreksiya ishlari natijasida jamiyatga integratsiya muhitida har bir bola ta’lim jarayoniga qaratilgan salohiyati pedagoglar tomonidan muntazam kuzatuv ostidadir.Bu bilan birga har bir bola ta’lim jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etiladi. Bu jarayon sinfda kelib chiqish imkon darajasidan qat’iy nazar jamoa sifatida bolalarning ta’limga bo‘lgan ma’suliyatini oshiradi. Har bir bola pedagog ijtimoiy,ilmiy,madaniy ta’lim Dasturlashtirilgan ta’lim berish tamoyiliga ko‘ra, avval defektolog bilan birgalikda, keyinchalik mustaqil ravishda bajarish orqali zaruriy malakalarni shakllantiruvchi bir qator izchil muolajalardan iborat dasturlar yaxshi samara beradi. Murakkablikka tadrijiy o‘tish tamoyilida korreksion ishlar tadrijiyligi nazarda tutilgan. Mazkur tamoyil nutqida kamchiligi bo‘lgan ning o‘zi bajarayotgan ishidan zavqlana olishiga va korreksion ishga uning qiziqishini orttirishga yordam beradi. Berilayotgan materialning qajmi va murakkablilik darajasini hisobga olish tamoyilida korreksion dasturni amalga oshirishda ya’ni materialning yangi qajmini berishdan oldin u yoki bu ko‘nikma va malakalarni nisbatan shakllanganligiga e'tibor berish lozim. Materialning emotsional murakkabligi inobatga olish tamoyiliga ko‘ra o‘tkazilayotgan o‘yinlar, mashqulotlar, taklif etilayotgan material yaxshi emotsional fonni vujudga kelishiga yordam berishi kerak. Korreksion mashqlar ijobiy emotsional fon bilan yakun topishi maqsadga muvofiqdir. Download 157.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling