Korreksion ishning asosiy yo‘nalishlari Korreksiya


Psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur


Download 157.5 Kb.
bet5/6
Sana29.01.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1138515
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1545026897 73296

Psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur:

  • korreksion ishning aniq maqsadini belgilash;

  • korreksion ishning maqsadini konkretlashtirishga yordam beradigan vazifalarni aniqlash;

  • ishni o‘tkazish taktika va strategiyasini tanlash (individual, guruh yoki aralash);

  • metodika va texnikani ishlab chiqish;

  • korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash;

  • uchrashuv kunlarini belgilab olish;

  • vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat);

  • korreksion dasturni ishlab chiqish va mazmun moqiyatini belgilab olish;

  • korreksion ishda yaqin qarindoshlar qatnashuvini ta'minlash;

  • korreksion dasturni boshlashda dinamika va o‘zgartirishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligini belgilash.

Korreksion tadbir so‘ngida korreksion dasturning samaraliligi, maqsad va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot tayyorlanadi.
Psixokorreksion tadbirlarning samaraliligini baholash quyidagi mezon bo‘yicha aniqlanadi:
А) rivojlanishdagi qiyinchilikning yechilishi, barham topishi.
B) maqsad va vazifalarning belgilanishi, korreksion effektivligi uzoq muddatdan so‘ng, ish oxirida aniqlanadi.
Korreksion dastur muammoning butunlay qal bo‘lishini oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, balki samarali ish olib borishda muammolarning yo‘qolishi va yechilishiga qar tomondan baho berilayotganiga qam qaraladi.
Masalan: Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalaruchun dasturda ishtirok etayotgan vaqtda uning emotsional holatining yaxshilanishi, ijobiy qis qilishi bilan belgilanadi.
Defektolog uchun korreksion dastur tashkil etilishi, majburiyatni qis etishi oldiga qo‘yilgan vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi.
Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolaning yaqinlari uchun esa, nutqida kamchiligi bo‘lgan bolada paydo bo‘lgan muammoning qay tarzda ijobiy hal etilganligi bilan aniqlanadi. Korreksion dasturlarning ijobiy ta’sir doirasi uning intensivligidadir.
Korreksion mashqulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib borilayotgan o‘yinning ma'no jihatdan o‘ylanganligi bilan ham bog’liq. Mashg’ulotlar tugagandan keyin ham iloji boricha nutqida kamchiligi bo‘lgan bolaning taraqqiy etishi bilan qiziqib borish muloqotni yo‘qotmaslik 1,2 oyda 1 marotaba uchrashi lozim.
Korreksion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa, shuncha tez samara beradi.
Psixokorreksion yordamning samaraliligiga baho berish borgan sari dolzarblashmoqda. Bu defektologning ta’sir eta olishi va korreksion ishning sifatliligidandir.
Ishning samaraliligini baholashda aniq metodni belgilab olish zarur.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling