Korrupsiya tarixi, unga qarshi kurashishda jahon tajribasi


Download 91.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi91.18 Kb.
#1041036
  1   2
Bog'liq
Untitled presentation (3)



Korrupsiya tarixi, unga qarshi 
kurashishda jahon tajribasi
MMR-16, 1-kurs talabasi Sarvarjon Namozaliyevning
Falfsafa fanidan mustaqil ishi


Reja: 
1.Korrupsiya kelib chiqish tarixi
2. AQSH tajribasi
3. Rivojlangan davlatlar qanday kurashmoqda?
4. Korrupsiya davlatlar reytingida
5. O’zbekistondagi achinarli holat.
6. Xulosa


Korrupsiya kelib chiqish tarixi
Korrupsiya (
lotincha
corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz 
mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol 
qilishidan iborat amaliyot.
Korrupsiyaning tarixiy o`zaklaori juda-juda qadimga borib taqalib, bu hol 
qabilada ma`lum mavqega ega bo`lish uchun qabila sardorlariga sovg`alar berish datidan kelib 
chiqqan deb taxmin qilinadi. O`sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat 
apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to`siq 
ekanligini ko`rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer 
(Janubiy Mesopotamiya, hozirgi Iroqning janubiy qismi) davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni 
ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo`rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha 
saqlanib qolgan manbalardan ma`lum. Chunki bu holat davlatning obro`siga juda qattiq putur 
etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarning poraxo`rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg`alarni qabul qilma, chunki 
sovg`a ko`rni ko`radigan qiladi va haqiqatni o`zgartiradi” deyilgan bo`lsa, Qu`roni Karimda 
“Boshqalarning mulkini nohaq yo`l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo`lgan narsalarni olish 
uchun o`z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.


AQSH tajribasi
Inson resurslarini boshqarishda mansabni suiiste’mol qilish alomatlariga barham berishda o‘ziga 
xos tendensiyalarni amalga oshirgan davlatlardan biri AQSH bo‘lib, ushbu davlatda 
korrupsiyaga qarshi qonunchilik anchayin murosasiz xarakterga ega.AQSHda davlat 
xizmatchilari orasida korrupsiya profilaktikasini ta’minlash maqsadida, “Ma’muriy axloq” 
qoidalari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisi lavozim maoshi summasining 15 
foizidan yuqori bo‘lgan haq evaziga tashqi o‘rindoshlik asosida boshqa joyda ishlashi 
taqiqlanadi. Bu cheklov AQSH senati a’zolaridan tashqari barcha mansabdor shaxslarga 
taalluqli hisoblanadi. AQSHning korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining yana bir muhim 
qoidasi bu – mansabdor shaxsning sovg‘a olishiga nisbatan taqiq qo‘yilganligidir. Qoidaga 
muvofiq, barcha davlat idorasi xodimlarining bir kalendar ish yili mobaynida umumiy qiymati 100 
AQSH dollardan oshadigan sovg‘alarni qabul qilishi taqiqlanadi (AQSH Kongressi xodimlari 250 
AQSH dollargacha). Bundan tashqari, Ma’muriy axloq qoidalariga binoan, sayohat bileti 
shaklida sovg‘a olishga ham cheklov bor. Bunda, mamlakat ichida sayohat qilishda 3 kun (ikki 
kecha), chet elga esa, 7 kungacha (olti kecha) chegara belgilangan. Bunday cheklov hattoki 
senatorning oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi.


Rivojlangan davlatlar qanday kurashmoqda?
Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda boshqa tarmoqlardagi singari kadrlar bilan ishlash masalasida ham 
korrupsiyaga qarshi kurashishga oid mexanizmlar amaliyotga joriy etilgan. Xususan, ishga qabul 
qilishda ta’lim jarayonida olingan baholar (Germaniya) yoki ishga kirish imtihonlaridan a’lo darajada 
o‘tishga asosiy e’tibor qaratiladi (Janubiy Koreya);- korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxsning 
ushbu lavozimda qayta ishlashiga cheklov o‘rnatilgan;- ish vaqtidan tashqari ishlash taqiqlanadi;- 
xususiy kompaniyalarga egalik qilish soni cheklangan;- korrupsiyaviy omillar haqida xabar berish 
(whistle blowing) va boshqalar.Buyuk Britaniyada xodimlarning tengligi va ish haqi to‘lanishida 
shaffoflikka erishish maqsadida “Rahbar xodimlar ish haqini tekshirish organi (Review Body on 
Senior Salaries)” tashkil etilgan. Ushbu organ yuqori lavozimli davlat xizmatchilari, sud tizimi, 
harbiylar, politsiya xodimlari va Angliya sog‘liqni saqlash xizmatining yuqori martabali xodimlari 
uchun mehnatga haq to‘lash borasida maslahat beradi.Shu bilan birga, barcha vazirlik va 
idoralarda faoliyat yurituvchi xodimlarning qancha maosh olishi Hukumatning veb-saytida 
muntazam ochiq e’lon qilib borilishi qoida tariqasida amal qiladi.Aytish joizki, Buyuk Britaniyada ish 
samaradorligiga erishish va korrupsiyani oldini olishda shuningdek, tashkilotlarda ichki audit 
tomonidan xarajatlar auditi nazoratga olingan. Bunda har bir tashkilotda ish vaqtida amalga 
oshirilgan barcha xarajatlar jumladan, xodimlarning xizmat safarlardagi xaridlarining cheklari ham 3 
yilgacha saqlanishi talab etiladi. Ichki audit istalgan paytda korxonaning yoki xodimning xarajatlarini 
tekshirish huquqiga ega.


Korrupsiya reytingi
Daniya, Yangi Zelandiya Finlandiya, Singapur
va 
Shvetsiya
korrupsiya eng past ko’rsatkich li davlatlar hisoblanadi.
Suriya

Somali
hamda 
Janubiy Sudan
korrupsiya eng avj olgan davlatlar 
hisoblanadi.


O’zbekistondagi achinarli holat

Download 91.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling