Korrupsiya va jinoyatchilik reja: Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi


Download 66.25 Kb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi66.25 Kb.
#1797083
1   2   3   4   5
Bog'liq
KORRUPSIYA VA JINOYATCHILIK

Tayanch tushunchalar
Adolat – axloq va huquqning asosiy kategoriyalaridan biri; qonun oldida barchaning tengligi va qonunning barchaga barobarligi.
Axloq – aslida arabcha so’z bo’lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. «Odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko’rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining o’ziga xos ko’rinishini anglatadi.
Aholining turmush darajasi – aholi farovonligi, ne’matlar va xizmatlar iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko’rsatkichlar majmuidir.
Barqarorlik (ijtimoiy) – 1) jamiyat hayotining osoyishtaligi; 2) ijtimoiy tuzum elementlarining uyg’unligi; 3) jamiyatdagi ijtimoiy birliklar (millat, din, qatlam va boshq) vakillarining hamkorligi va hamjihatligi.
Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat.
Davlat boshqaruv organi – hokimiyat organlari tizimining bir qismi bo’lgan, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish va ijrosini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan, boshqaruv harakatlarining maxsus shakl va uslublaridan foydalanib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan, tegishli tuzilishga, vakolatlarga va davlat xizmatchilari shtatlariga ega bo’lgan tashkilotdir.
Demokratiya – konstitusiyaviy tuzumning xalq hokimiyatchiligi va siyosiy plyuralizm, fuqarolarning erkinligi va tengligi, inson huquqlarining daxlsizligi kabilarini e’tirof etishga asoslangan davlatning siyosiy rejimi.
Jamiyat – tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli. U kishilar o’rtasidagi o’zaro harakatlarning mahsuli, ular hayotining ma’lum bir tashkiliyligi, mohiyat jihatidan kishilar va ularning guruhlari o’rtasidagi turli xil (iqtisodiy, oilaviy, ma’naviy, sinfiy, diniy va boshqa) munosabatlar va aloqalar yig’indisidir.

Download 66.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling