Korrupsiya va jinoyatchilik reja: Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi
Download 66.25 Kb.
|
KORRUPSIYA VA JINOYATCHILIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson huquqlari
- Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik
Jinoyatchilik – muayyan hududda sodir etilgan jinoyatlar va ularni sodir etgan shaxslarga oid sifat va son ko’rsatkichlarini ifodalovchi hodisa.
Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish – vakolatli davlat organlari va jamoatchilik institutlari tomonidan olib boriladigan jinoyatchilik holatlari yuz berish xatarini bartaraf etish bilan bog’liq samarali faoliyat. Illat – so’zi kasallik, xastalik, jismoniy va ruhiy kamchilik, nuqson degan ma’noni anglatadi. Shunga ko’ra umuminsoniy axloqqa zid illatlar deb umuminsoniy odob-axloq prinsiplari va normalari doirasiga sig’maydigan, unga xilof ravishda sodir etiladigan yaramas xatti-harakatlarga aytiladi. Bunday axloqsizlarga - g’azab, jaholat, adovat, g’iybat, haqorat, hasad, nifoq, zulm, yolgonchilik, mahtanchoqlik, dangasalik, ichkilikbozlik, manfaatparastlik, shuhratparastlik, ayyorlik, xushomadgo’ylik, ikkiyuzlamachilik, ezmalik, jizzakilik kabilar kiradi. Inson huquqlari – insonning davlatga munosabati bo’yicha huquqiy maqomini, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyat va da’volarini ifodalovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali amalga oshirilishi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Korrupsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish. Kronizm – lavozimlarni tanish-bilishchilik asosida tarqatish qarindosh-urug’chilikka nisbatan kengroq ma’noga ega bo’lib, u berilgan lavozimga mos yoki mos emasligidan qat’i nazar uni do’stlariga berish afzal ko’rilgan vaziyatlarni qamrab oladi. Bu hol ko’pincha ishga tayinlash jarayonida, shuningdek ba’zan keng vakolatlar ishga solingan har qanday vaziyatda ham vujudga kelishi mumkin. Download 66.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling