Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi:
–ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko‘zda tutilgan;
–haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi;
–O‘zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziya-lash to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo‘lgan fao-liyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi.
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki korxo-na bunday faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo‘ladi va ushbu huquq lit-senziya amal qilish muddati o‘tishi bilan to‘xtatiladi. Tegishli litsenziya-larga ega bo‘lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisobla-nadi. Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hokimiyat organidan ro‘yxatdan o‘tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o‘tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, u holda ta’sis shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab emas, balki davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan deb hisoblanadi. Shu bois-dan, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjud-ligini, agar ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa, qayta ro‘y-xatdan o‘tkazilganligini tekshirish lozim
Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |