Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


Xulosa…………………………………………………………………………….60


Download 426.71 Kb.
bet2/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Asosiy qism

Xulosa…………………………………………………………………………….60
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………61
Ilovalar……………………………………………………………………………62

KIRISH

Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mavjud cheklangan resusrlardan oqilona foydalanishga harakat qiladi.Chunki bunday sharoitda korxonalarning ozgina e’tiborsizligi moliyaviy resurslardan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin.Korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bugungi kunda moliyaviy menejerlarning oldidagi eng asosiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Mustaqillik yillarida yurtimizda aholini turmush darajasini yaxshilash, ishlab chiqarish subyektlarini ko’paytirish, xususiy sektorni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.


Mamlakatimizni rivojlantirishga mo’ljallangan asosiy vazifa va ustuvor yo’nalishlar avvalo iqtisodiyotimizning yuqori sur’atlar bilan o’sib borishini ta’minlash, buning uchun mavjud barcha rezerv va imkoniyatlarni safarbar etish borasida qabul qilingan strategiyani davom ettirishga qaratilgan.
Mustaqillik yillari mobaynida Respublikamizda demokratik davlat qurish yo’lida ushbu maqsadga yo’naltirilgan ko’plab ishlar amalga oshirildi va bu harakatlar keng ko’lamda davom ettirilmoqda. Har tomonlama asoslangan samarali tadbirlarni uzluksiz amalga oshirilishi tufayli O’zbekiston Respublikasida erishilayotgan yutuqlar xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda. Jumladan, milliy iqtisodiyotda mahalliylashtirish tadbirlarini keng ko’lamda yo’lga qo’yib, ularning uzluksiz va bosqichma-bosqich davom ettirilishi mamlakatimizda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish yo’nalishidagi muhim tadbirlardan biridir. Hozirda mahalliylashtirish tadbirlarini milliy iqtisodiyot uchun talab etilayotgan yangi munosabatlarning eng muhimlaridan biri deb qarab uning barcha jihatlarini ilmiy tadqiq etishni davr taqozo etmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarining yuqori sur’atlar bilan iqtisodiy o’sishga erishishda, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikasiya qilish jarayoni bilan birga mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, korxonalarda moliyaviy investisiyalardan samarali foydalanish bo’yicha keng kamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirilayotganligidir.
O`zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxonalar, firmalar MCHJlar va boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarda buxgalteriya hisobida korxonada sodir bo`lgan xo`jalik operatsiyalarini uzliksiz hisobda aks ettirish, buxgalteriya hisobi korxonaning ichki va tashqi foydalanuvchilarini korxonaning moliyaviy ahvoli haqidagi ma`lumotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi ma`lumotlari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ham muhim o`rin egallaydi. Iqtisodiyotta o`zgarishlar o`z navbatida iqtisodiy madaniyatni to`g`ri shakllangan iqtisodiy tejamkorlik rioya qilish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish kabi omillardan foydalanishni talab qiladi. Yuqoridagi omillarning samarasi bevosita hisob-kitob ishlarining ishlarining to`g`ri tashkil qilinishiga bog`liq bo`lib pirovard natija rentabellikni oshirishga olib keledi, Respublikamizda iqtisodiy o`sish, barcha sohalardagi rivojlanishda buxgalteriya hisobi va hisobotning alohida o`rni ahamiyati bor. Har bir korxona faoliyatida erishilgan yutuq va kamchiliklar bevosita mablag`lar holatidan ulardan samarali foydalanishdan, tejamkorlik va raqobatbardoshlik muhiti shakllanadi.
Bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo'lgan talabalar amaliyoti - ilg'or xo'jalik subektlari, aksionerlik jamiyatlari, qo'shma korxonalar, qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlarda o'tkazilishini hisobga olgan holda men ham fakultetimiz tajribali o'qituvchilari tavsiyasiga ko’ra MCHJ «UZSUNGWOO» QK da bitiruv oldi malakaviy amaliyotimni tashkil etdim.
Amaliyotning maqsadi bо'lib amaliyot о'tiladigan korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati va boshqaruv tizimini tahlil qilish orqali malakaviy amaliyot hisobotini yoritish uchun zarur amaliy ma'lumotlarni yig'ish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun asosiy qismda ko’rsatilgan vazifalar bajarishga harakat qildim.



  1. Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish.

MCHJ «UZSUNGWOO» QK- Yuqori tehnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun shtamplangan va payvandlangan atomobil qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tashkilotdir. 








  • Ishlab chiqarish hajmi – 120 ming komplekt shtamplangan va payvandlangan atomobil qismlari, ya’ni 183 nomga ega bo’lgan Chevrolet Cobalt uchun qismlari.

  • Korxona Farg’ona Mehanika Zavodi hududida qurilgan bo’lib, umumiy maydoni 60500 kv. metrni, bundan ishlab chiqarish maydoni 11 117 kv. metr tashkil qiladi.





  • Loyiha  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №113  14.04.2011 yilgi Qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.

  • Ustav kapital 14 million dollarni tashkil qiladi, shu jumladan:

AJ “Uzavtosanoat” – 7 million dollar (50 %);
SUNGWOOHitechCo., – 7 million dollar (50%)

  • SUNGWOOHitechCo., MCHJ – Janubiy Koreya tashkiloti bo`lib, butun dunyo bo’ylab o’zini avtomobil kuzov qismlarini ishlab chiqarish zavodlariga ega bo’lib, xodimlarning umumiy soni 14 000 kishini tashkil qiladi. 1977 yilda tashkil topgan SungwooHitech zamonaviy texnologiya va yuqori sifatli mahsulotlar bilan avtomobil komponentlarini etakchi ishlab chiqaruvchi sifatida, Koreya va dunyo bo'ylab o'z o'rnini topdi. Asosiy buyurtmachilar - Hyundai, Kia и GM-Korea. 





  1. Download 426.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling