Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


Download 426.71 Kb.
bet4/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Asosiy qism

Logotip va firma belgisi
Siz o‘z korxonangizni keng omma orasida taniqli bo‘lishini istasangiz, u holda uning firma nomini turli grafik belgilar, emblema yoki tasvirlar orqali oson yodda qoladigan va taniladigan darajasini ta’minlashingiz zarur bo‘ladi. Bunda logotip va firma belgilaridan foydalaniladi. Ko‘p holatlarda logotip va firma belgisi bir xil ma’noda ham qo‘llaniladi. Logotip – Grekcha «logos»– so‘z, «typos» – iz, tamg‘a ma’nosini anglatib, firma nomining maxsus uslubga solingan va qisqartirilgan shakli. Firma belgisi – Odatda firmani birdan tanitib beruvchi yagona dizaynda tayyorlangan elament yoki xujjat dizaynlari to’plamlari. Tovar belgisi - Siz o‘zingiz ishlab chiqargan mahsulot yoki ko‘rsatgan xizmatni boshqa mahsulot va xizmatlardan ajralib turishi, savdo markasi, xizmat ko‘rsatish belgisi kabi maxsus belgilardan foydalanishingiz mumkin. Agar mazkur belgilar iste’molchilarga keng tanilib, bozorning salmoqli qismini egallab olsa, u holda brend deb ataladi.



  1. Korxonalarning marketing faoliyatini tahlili.



Marketing – korxonalarning ishlab chiqarish va marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talabni shakllantirish va qondirish hamda foyda olish maqsadida bozorni o‘rganish tizimidir.
Har qanday faoliyat rejalashtirishdan boshlanadi. Rejalashtirish, o'z navbatida, tahlildan boshlanadi. Korxonaning marketing faoliyati ushbu qoidalarga to'liq bo'ysunadi. Marketing tahlili muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo'llarini topish imkonini beradi, marketing kompleksi bo'yicha qarorlar qabul qilish uchun asosiy ma'lumotlarni beradi.
Shu jumladan Baholash korxonasini o’rganish muhim rol o’ynaydi. Baholash usullaridan biri bu bozor baxosida baholash xisoblanadi. Chunki baholanayotgan obyektning ayni baholanayotgan davrdagi bozor qiymatini bilish muhim rol o’ynaydi. Shu qiymat asosida obyektning qiymati aniqlanadi.
Bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narx tushunilib, unga ko‘ra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlari yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa, biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan, taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash obyektining baholashda majburiy o‘tkazish talabi mavjud bo‘lgan normativ hujjatda yoki baholash obyektining baholash to‘g‘risidagi shartnomada qiymatning aniq turi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida yoki mazkur Standartda nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo‘llanishi kerak. Bozor qiymati asosidagi baholashlar taqqoslanuvchi mulk obyektlariga tegishli axborotga asoslanishi lozim. Baholash jarayoni, baholovchidan zarur va kerakli tekshiruvlarni o‘tkazishni, to‘g‘ri tahlil olib borishni hamda axborot va dalillar bilan asoslangan farazlarni shakllantirishni talab qiladi. Bu jarayonda baholovchilar bozorda kuzatiladigan va ishga daxldor barcha faktlarni, tendensiyalarni, taqqoslanuvchi bitimlarni va boshqa axborotni ko‘rib chiqishlari lozim.
Bozor ma’lumotlari cheklangan bo‘lsa yoki umuman mavjud bo‘lmasa, baholovchi lozim darajada vaziyatni ochib berishi hamda ma’lumotlarning yetarli emasligi bois hisob-kitoblar qandaydir tarzda cheklanganligi (agar cheklangan bo‘lsa) ko‘rsatishi lozim. Baholovchining shaxsiy mulohazalari barcha baholashlarda talab etiladi. Agar baholovchi baholanayotgan aktiv bozoriga aloqador bo‘lgan ochiq ma’lumotlar va holatlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, baholash jarayonida qo‘llaniladigan har bir yondashuv yoki usul baholash obyektining bozor qiymatini aniqlashni ta’minlashi lozim.

Download 426.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling