Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish
Xususiy kapital tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
Download 426.71 Kb.
|
Asosiy qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar Mablag‘lar mavjudligi, ming so‘m Mablag‘lar
- Ta’sis hujjatlari, ustav kapitali va ta’sischilar bilan hisoblashishning auditi.
9-jadval
Xususiy kapital tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
Tahlil qilinayotgan korxonaning ma’lumotlari o‘z kapitali miqdori va tarkibidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi: kapitalning boshqa manbalari kamaygan holda zaxira kapitali va maqsadli tushumlar ulushi hamda miqdori sezilarli darajada ortgan. Hisobot yili uchun xususiy kapitalning umumiy miqdori 1004,8 ming so‘mga yoki 27,1% ga oshgan. Ta’sis hujjatlari, ustav kapitali va ta’sischilar bilan hisoblashishning auditi. Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga ko‘ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo‘lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga ham to‘ldirilishi mumkin. Ta’sischilar (ta’sis majlisi) tomonidan tasdiqlangan va amaldagi qonunchilikka asosan ro‘yxatga olingan Nizom korxonaning ta’sis hujjati hisoblanadi. Davlat tassarufida bo‘lgan korxona aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda ta’sis hujjatlari bo‘lib, shuningdek, davlat mol-mulkiga boshqarish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan emissiya prospekti ham hisoblanadi. Ta’sis hujjatlarining tekshiruvi ular amaldagi qonunchilikka muvofiqligi va ularga o‘zgarishlar qonuniy kiritilganligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag’lari summasidir. Ustav kapitali hiobiga asosiy va aylanma mablag’lar shakllanadi. Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa moddiy qiymatliklar: er, suv va boshqa tabiiy resurslardan foy-dalanish huquqlari, Shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish uchun, «NOU XAU» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo‘shma korxona ishtirokchi davlatlarining valutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valutalarda pul mablag‘lari qo‘shilishlari mumkin. Korxona ro’yxatdan o’tganidan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. Ta’sischilarning ustav kapitaliga bo’lgan qarzlari bo’yicha olib boriladigan xisob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag’ida olib boriladi. 4610- hisobvaraq aktiv bo’lib, debet sal’dosi ta’sischilarning oy boshiga bo’lgan sal’dosini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan utkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy qiymatliklar va mulklar qiymatini ko’rsatadi. Korxonaning xususiy kapitali uning moliyaviy salohiyatining asosiy qismi bo‘lib, uni ko‘paytirish bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga egadir. U korxonaning o‘z qudrati darajasini qay darajada ekanligini bildiradi. Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasida) yig‘indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra belgilanadi va hisobga olinadi. Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis xujjatlari bilan amalga oshiriladi. Download 426.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling