Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


MCHJ «UZSUNGWOO» QK da umumiy moliyaviy natijalar darajasi va dinamikasi tahlili ( gorizontal tahlil)


Download 426.71 Kb.
bet15/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
Asosiy qism

MCHJ «UZSUNGWOO» QK da umumiy moliyaviy natijalar darajasi va dinamikasi tahlili ( gorizontal tahlil)





Ko‘rsatkich


Satr

O‘tgan yildagi o‘xshash davr, ming
so‘m

Hisobot davri, ming so‘m

O‘tgan yil ma’lumotlarig a nisbatan hisobot
davrida % da

A

1

2

3

4

Sotishdan tushum

010

7478805

10051984

134,41

Sotilgan mahsulot tannarxi

020

6446321

8020464

124,42

Yalpi foyda

030

1032484

2031520

196,76

Davr xarajatlari

040

883701

1144712

129,54

Asosiy faoliyatdan
boshqa daromadlar (xarajatlar)

070
090

1391

11072

795,97


Asosiy faoliyatdan foyda

100

150174

897880

597,89

Moliyaviy faoliyat
bo‘yicha daromadlar va xarajatlar saldosi

110 - 170



-13900


-10103


72,68


Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda

220

136274

887777

651,46

Favqulodda daromadlar va xarajatlar saldosi

230

0

0

-

Soliqlar to‘langunga qadar foyda

240

136274

887777

651,46

Daromad (foyda) solig‘i

250+260

45547

184204

404,43

Sof foyda

270

90727

703573

775,48



  1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili.

Debitorlik va kreditorlik qarzi sotib olingan tovar-moddiy qimmat- liklar, xizmatlar va boshqa xo‘jalik operatsiyalari uchun hisob-kitob- larni amalga oshirish jarayonida korxornalar o‘rtasida vujudga keladi. Korxonaning yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan o‘z vaqtida hisoblashishi uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.


Debitorlik qarzi korxona aylanmasidan mablag‘larni chiqarish va ulardan boshqa korxonalar foydalanishini anglatadi. Kreditorlik qarzi korxona tomonidan o‘z xo‘jalik aylanmasiga boshqa korxona va tashkilotlarning mablag‘lari jalb qilinishini anglatadi. Debitorlik qarzini boshqarish san’ati uning umumiy miqdorini optimallashtirish va o‘z vaqtida inkassatsiyasini ta’minlashdan iborat.
Debitorlik qarzi va uning joriy aktivlarda ulushi keskin ortishi korxonaning xaridorlarga nisbatan oqibati o‘ylanmagan kredit siyosatidan, sotish hajmi ortganligidan yoki xaridorlarning bir qismi to‘lovga qobil emasligi va bankrotligidan guvohlik beradi. Debitorlik qarzi, bir tomondan, hisoblashishlarni tezlashtirish evaziga, boshqa tomondan – xaridorlarga jo‘natishni qisqartirish evaziga kamayishi mumkin. O‘z navbatida, debitorlik qarzining o‘sishi har doim ham salbiy, kamayishi esa ijobiy baholanavermaydi.
Tahlilda muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelish sabablarini batafsil o‘rganish zarur. Muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjudligi moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki korxonada ishlab chiqarish zaxiralarini xarid qilish, mehnat haqi to‘lash va boshqalar uchun moliyaviy resurslar yetishmasligi yuzaga keladi. Bundan tashqari, mablag‘larning debitorlik qarzida “o‘lik pullarga aylanishi” kapital aylanuvchanligi sekinlashishiga olib keladi. Muddati o‘tgan debitorlik qarzi qarzlar qaytarilmasligi va foyda kamayishi riski o‘sganligini ham anglatadi.
Tahlil vazifalari quyidagilardan iborat:

  • moliyaviy-hisob-kitob intizomi natijasida yuzaga kelgan qarz- dorlikni aniqlash. Ushbu qarzdorlik miqdori, yuzaga kelish sabablarini aniqlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarur;

  • Amaldagi hisob-kitoblarning ayrim shakllariga xos xususiyatlar tufayli yuzaga keluvchi debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori va dinamikasini aniqlash;

  • to‘lov intizomini mustahkamlash, yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan o‘z vaqtida hisoblashishlarni amalga oshirish bo‘yicha korxona tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni oydinlashtirish.

Debitorlik va kreditorlik qarzi tahlili buxgalteriya balansi va ichki hisob ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.




  1. Download 426.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling