Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar (xarajatlar)


Download 426.71 Kb.
bet13/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
Asosiy qism

Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar (xarajatlar)


Mazkur modda bo‘yicha sotilgan mahsulotlardan daromadlar (xarajatlar) bilan birga korxonaning asosiy faoliyatidan daromadlar (xarajatlar)ning boshqa turlari aks ettiriladi. Ularga quyidagilar kiritiladi:

  1. Qarzdor tomonidan tan olingan yoki undirilgan xo‘jalik shart- nomalari shartlari buzilganligi uchun jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqa sanksiya turlari, shuningdek, yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha daromadlar.

  2. Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi.

  3. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan boshqa daromadlar, masalan, korxonalar qoshidagi oshxonalardan tushumlar, qo‘shimcha xizmatlardan daromadlar.

  4. Korxonaning asosiy vositasi va boshqa mulkini sotishdan daromadlar.

  5. Da’vo muddati tugagan kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.

  6. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (xarajatlar).

Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar), asosiy faoliyatdan foyda miqdoriga moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlarni qo‘shish, xarajatlarni ayirish yo‘li bilan hisoblanadi.
UF = AFF+MD-MX.
moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlarga quyidagilar kiritiladi:

  • Olingan royalti va kapital transfertidan daromadlar

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalarning faoliyatida ulushli ishtirokdan olingan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha dividendlar hamda va obligatsiyalar va korxonaga tegishli boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.

  • Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan daromadlar.

  • Valyuta hisoblashishlari, shuningdek, chet el valyutasida operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs farqlari.

  • Qimmatli qog‘ozlar, sho‘ba korxonalar va boshqalarga joylashtirilgan mablag‘larni qayta baholashdan foydalar.

  • Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.


Download 426.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling