Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot tahlili.
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot” 2-shakl ma’lumotlari bo‘yicha tahlil qilinadi.
Moliyaviy natijalar – bu foyda yoki zarar.
Foyda (zarar) – korxonaning jami xarajatlari va jami daromadlari o‘rtasidagi farqni anglatadi.
Foyda - tashkilot faoliyatining ijobiy moliyaviy natijasidir. Salbiy natija zarar deb nomlanadi.
Korxonada vujudga kelgan har bir foydani tahlil qilish, mavhum emas, balki qariyb aniq xarakterga ega bo‘ladi, chunki muassislar, aksiyadorlar va ma’muriyat uchun korxona faoliyatini jadallashtirish- ning eng muhim yo‘nalishlarini tanlashga imkon beradi.
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari O‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, quyidagi foyda ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
Mahsulot sotishdan yalpi foyda – mahsulot sotishdan sof tu- shum va sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi ayirma sifatida aniqlanadi:
YaF= SST-SMT.
Asosiy faoliyatdan foyda – mahsulot sotishdan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi farq va boshqa daromadlar yoki asosiy faoliyatdan zararlar qo‘shilgan yoki ayirilgan holda aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ.
Korxonaning asosiy faoliyati deganda ahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha korxonaning ixtiyoriy faoliyati tushuniladi. Bundan kelib chiqadiki, korxonaning asosiy faoliyatiga korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan moddalar va favqulodda moddalar kiritilmaydi, xolos.
Davr xarajatlari deganda, bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va daromadlar tushuniladi: sotish bo‘yicha xarajatlar, ma’muriy xarajatlar, kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davri xarajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |