Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»


Download 278.72 Kb.
bet11/12
Sana14.02.2023
Hajmi278.72 Kb.
#1197228
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi (1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo‘yicha bir qator imtiyozlar (ko‘maklar) berilgan. UshbuFarmoyishga ko‘ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar:

  • qo‘shimcha qiymat solig‘idanozod qilindi;

  • uch yil davomida foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, mulk solig‘i va yer

soliqlarinito‘lashdan ozod qilindi;

  • boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig‘i va yagona soliq

to‘lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning faoliyat ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat
banklariga ham muayyan imkoniyatlar berilgan, jumladan:

  • bankrot korxona negizida ustav jamg‘armasi 100%gacha bo‘lgan yangi

korxona tashkil etish;

  • bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval

berilgan,
qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan
kredit summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;

qilish;

  • bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini

tiklab, qaytadan bozor bahosida sotish va h.k.
Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligi va ta’sirchanligini
ta’minlash maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan,jumladan:

  • tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash,

texnik va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta
qurollantirish, zarur bo‘lganda korxonani to‘liq restrukturizatsiya qilish
orqali faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish, strategik hamkorlar va
investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab
chiqish;

  • yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan

natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori
malakali boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi;

  • banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati

ustidan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha
Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va bu
jarayonga tijorat banklarini jalb qilish borasida belgilangan tadbirlar
korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynadi.
Prezidentimiz ma’ruzasida ta’kidlanishicha, 2010 yilda mamlakatimiz
147 tasi tijorat banklari balansiga o‘tkazildi.
Bugungi kunda tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan 140ta iqtisodiy nochor korxonada ishlab chiqarish to‘liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga sotildi, qolganlarida moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, budjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trillion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda.


XULOSA

Mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozori iqtisodiyoti yo‘lining tanlanishi xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu xol respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo‘jalik yuritishi va ishlab chikarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga va o‘z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmokda. Bugungi ishlab chiqarish va noishlabchiqarish korxonalarining kundagi eng asosiy muammolardan biri ishlab chiqarish va rejalashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni orqali ishlab chiqrish samaradorligini oshirishdan iborat.


O‘zbekiston iqtisodiy tizimi transformatsiyasi raqobatchilik muhitida bozorning mutanosib talablariga ko‘ra tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning yangi ishtirokchilarining (sub’ektlarining) shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ular faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kuning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridan biri milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini jadallashuviga xizmat qiladi. Bu boradagi vazifalarni hal etishda, mavjud ishlab chiqarish sub’ektlarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish, shuningdek, nodavlat va yuridik tashkilotlar ulushlari ishtirok etgan kichik va o‘rta firmalarni kiritish lozim.
O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy modeli xususiyatlari, xalqimizning o‘ziga xos an’analari, iqtisodiy ko‘nikmalari bilan ham ifodalanadiki, qator ilmiy tadqiqotlarda bu narsa ahamiyatdan chetda qolgani holda, muammo boshqa davlatlar tajribasiga asoslangan ravishda hal etiladi. Bu esa kelajakda korxonalar foydasini shakllanishi va uning taqsimlanishi bilan bog‘liq mummolarni bartaraf etishni taqozo etadi. Shunday ekan, ushbu ishda yuqoridagi masalarga xususiy va umumiy yondashgan tarzda, fikr va mulohazalar keltirilgan va ilgari surilgan.
Ma’lumki, deyarli hamma holllarda natijaning nechog‘lik samara berishi ko‘p jihatdan ushbu korxonada rejalashtirish hamda uning tashkil etilish shakliga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat erkin bozor, pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy tizim va huquqiy demokratik davlat barpo etishga qaratilgan. Bunday maqsadni amalga oshirishda albatta, korxonalar foydasini taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlarni rejalashtirish va boshqaruv tizimida tig‘izliklar yuzaga kelishi, bunday tig‘izlikni bartaraf etishda mavjud usullar bilan birga yangi va zamonaviy rejalashtirish tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq.
.
Download 278.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling