Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi


Manba: “Sino OAJ”ning yillik hisobotidan


Download 388.87 Kb.
bet2/3
Sana04.12.2020
Hajmi388.87 Kb.
#158705
1   2   3
Bog'liq
korxona fojdasi taqsimlanishi va ishlatilishi


Manba: “Sino OAJ”ning yillik hisobotidan.

Mahsulot ishlab chiqarish to’g’risida sarf xarajatlarni taxlil qildigan bo’lsak tovar uchun 51480 so’m sarflagan bo’lsak, kalkulasiya to’lash sarf xarajatlar jami 208589 so’mni tashkil etadi bundan tashqari

- korxonalarda shtatida turmaydigan xodimlar mahsulotiga, ular tomonidan fuqarolik huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganliga uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob – kitob korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham ushu jumlaga kiradi;

- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chchiqarish jarayoniga qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritilmagan to’lovlarning boshqa turlari. Korxonalarning ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan ijtimoiy sug’urta ajratmalari – bu ijtimoiy fondlarga (Pensiya fondiga, Aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish fondiga, kasaba uyuushmalari Federasiyasi kengashiga) majburiy ajratmalardir.

Korxonalarning ishlab chiqarish quydagi boshqa xarajatlarga quydagilar tegishli.

- ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari (ishlab chiqarish xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, instrument, vositalari va boshqa mehnat vositalari va buyumlari Bilan ta’minlash xarajatlari;

- asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari;

- yoqilg’idan saqlash va qo’riqlashni hamda korxonalarning texnikaviy foydalanish Bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilishxarajatlari, ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lmagan asosiy vositalar joriy ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar;

-tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmalar; ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq – ovqatlar qiymati, korxonalar xodimlariga yeriladigan tekin uy – joy haqini to’lash xarajatlari; amaldagi qonun xo’jjatlariga muvafiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoplagan buyuumlar qiymati va boshqalar).

- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat sarflariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar;

- ishlab chiqarish va ishchilarning ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta qilish xarajatlari;

- brak tufayli kelib chiqadigan yo’qatishlar;

- ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar;

- kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli o’zgartirish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;

- mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari; - ishlab chiqarish jarahotlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qotishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to’lanadigan nafaqalar;

- umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan yo’ngalishlarda xodimlarni ish joyiga olib bori shva olib kelish bilan bog’liq xarajatlar.

Bizga ma’lumki korxonada mahsulot xarajatlari va sarf xarajatlar to’g’risida ma’lumot 1.2. jadvalda o’z aksini topgan.

Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni Bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lmagan boshqa xarajatlar.

Korxonalarning sotish xarajatlariga quydagilar kiradi:

- tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo tarnsportida va ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganliga uchun to’lanadigan jarimalar;

- savdo va umumiy ovqatlarnish korxonalari ishlari xarajatlari (mehnatga haq to’lash xarajatlari, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar: savdo reklamasi xxarajatlari; tovarlarni saqlash, ularga ishlov beri shva ularni navlarga ajratish xarajatlari, tashish, saqlash va sotish chog’ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo’qotilishi; o’rash-joylash materiallari xarajatlari; mol-mulkni majburiy sug’urta qilish xarajatlari va boshqalar);

- sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketinga, reklamaga sarflangan xarajatlar);

- yuqorida sanab o’tilmagan sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.

Korxonalar boshqaruv xarajatlariga quydagilar kiradi:

- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lmagan mehnatga haq to’lash xarajatlari;

- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lmagan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;

- xizmat avtotarnsport va xizmat mikoravtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari; - korxona va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari;

- boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, singnalizasiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarni saqlash va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;

- ijara, xizmatlar ko’rsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq to’lash (ATS, uyali, yo’ldosh, peyjing aloqa):

- shaxarlararo va xalqaro telifon so’zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqroq to’lash;

- ma’muriy – boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to’lash;

- ma’muriy faoliyatga ega bo’lmagan asosiy fondlarni saqlash va ularni tuzatish, shuninngdek eskirish (amortizasiya) xarajatlari;

- yuqori tashkilotlar va yuridik shaxs maqomiga ega birlashmalar, vazirliklar, idoralar, konsernlar va bashqa xarajatlarga ajratiladi;

- xodimlarni va ishlab chio’arish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan mol-mulkni majburiy sug’urta qilish;

- boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo’yicha belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar;

- belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha miqdordagi xarajatlar;

- umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin beri shva kommunal xizmatlar qiymatiga haq to’lash xarajatlari;

- bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega o’lmagan jamg’armalarni saqlash va ulardan foydalanish Bilan bog’liq joriy xarajatlar, shu jumladan yo’l qo’yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to’lovlar.

Korxonalarning boshqa operasiya xarajatlariga quydagilardan iborat: - kadlar tayyorlash a ulardan qayta tayyorlash xarajatlari (Yangi tashkil etilgan korxonalarda ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno);

- loyha va qurili-montaj ishlarda chala ishlarni bataraf etish xarajatlarni qoplash, shuningdek obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog’idagi shkastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqgan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o’xshash boshqa xarajatlar yetkazib beruvchi va ishlarni bajarish shartlarini buzga yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko’rish uchun javobgar bo’lmagan yetkazib beruvchi yoki boshqa korxonalar hisobiga undirilishi mumkin bo’lmagan darajada amalga oshiriladi:

- maslaxat va axborot xizmatlariga haq to’lash, shu jumladan korxona mulkdorlaridan birining tashabbusi bo’yicha o’tkazilgan auditorlik xizmatlarga haq to’lash;

- o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni saqlashdan ko’riladigan zarar;

- salomatlikni muxofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi Bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etuvchi tadbirlar;

- korxona tomonida mohsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlar va xizmatlarni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo’jaligiga yordam beri shva boshqa xil ishlar) bajarilish xarajatlari;

- kompensiasiya va rag’batlantirish to’g’risida to’lovlar (vaqtincha mehnat dehqonini yo’qotgan taqdirda qonun xo’o’jjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdoricha qo’shimcha haq va boshqalar).

- ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar (qanunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqani to’lash bo’yicha xarajatlar; pensiyaga ustamalar; pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’a to’lanadigan nafaqalar; xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam); - sog’liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirsh lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassaslari, shuningdek frnda obyektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi fondalr ishlarini o’tkazishga amortizasiyalari va boshqalarni ham qo’shga holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ajratilgan xarajatlar;

- vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ulradan tashqari;

- bank va dipozitariy xizmatlariga to’lovlar;

- ekologiya, sog’lomlashtirish va boshqa xayriya jamg’armalariga, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalar va otlarga badallar;

- byudjektga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, amaldagi soliqqa muvofiq to’lanadigan va korxona xarajatlariga qo’yadigan maxsus byudjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar;

- zararlar, jarimalar, peniyalar (bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha yo’qotishlar, moddiy boyliklarning yo’qotilishi normalari doirasidagi va normalardan ko’proq, ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan yo’qotishlar kamamadlar; sud xarajatlari; to’lanishi shabhali qarzlar bo’yicha ajratmalar va boshqalar);

- boshqa operasiya xarajatlari.




  1. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining o‘zgarish tamoyillari.

Korxona foydalanadigan ko‘plab resurslar miqdori, ya’ni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilg‘i va energiya sarflari tovar hajmining o‘zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar hajmi o‘zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, og‘ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig‘ida mahsulot miqdori o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.

Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Boshqacha aytganda qisqa davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali o‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.

Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmog‘ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo‘shimcha tikuv mashinasi o‘rnatish bilan o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og‘ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.

Biz bilamizki, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish xajmini o‘zgartirishi mumkin. Bu yerda shunday savol tug‘iladi: korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) ko‘proq va yanada ko‘proq miqdorda o‘zgaruvchi resurslarni qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarib boradi?

Bu savolga javobni eng umumiy holda samaraning kamayib borishi qonuni beradi. Bu qonunga binoan,ma’lum davrdan boshlab; korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligini (masalan, jonli mexnat) ketma-ket qo‘shib borish, xar bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmini o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy miqdorigi (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, bir gektar yerdan 40 sentner hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 s.ga ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosilni 57 s. ga, uchinchisi - 61 s.ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s.gacha ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar faqat juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi.

Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, samaraning kamayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jixatdan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni har bir qo‘shimcha jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi.

Demak qo‘shimcha mahsulot, keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar) ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi.

Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxirgi oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar bahosi doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.

Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish.

Korxonada ishlab chiqarish xajmi o‘sib borishi bilan qo‘llaniladigan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoniyati ortib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida besh yoki oltita operatsiyani bajarish o‘rniga, endi har bir ishchi bitta yagona vazifani oladi. Bitta vazifani bajarish imkoniyatini oshirish esa, ishchining mehnat unumdoligini o‘stiradi. Bu ishlab-chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.


  1. Korxona foydasi va uning taqsimlanishi

Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.

Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki butun jamiyatda ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo‘shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining va baho mexanizmining o‘zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o‘tib ketadi.

Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari) banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.

Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.



Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.

Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.

Bular quyidagicha aniqlanadi:

1. R'=(P/W)*100

bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;
2. R'=(P/Kavans)*100

bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.

Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.



Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi.

2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan 169 ming korxonalar yil yakuni bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m foyda olgan bo‘lsa, ulardan 139 korxona 24,7 mlrd. so‘mlik zarar ko‘rgan.

Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat, 20,3 foizi transport, 11,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanish va 5,2 foizi qurilish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan1 .



  1. Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi.

Xar Qanday korxonaning, xissadorlik jamiyatining moliyaviy axvoli barcha uchun befarq emas. Chunki, ularning moliyaviy axvoli davlat, xissadorliklar va ta’sischilarning manfatlariga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun korxonalarning moliyaviy axvolini baxolash katta axamiyatga ega.

Korxonalarda mulkiy va moliyaviy munosabatlarni rasmiy xujjatlashtirish uchun buxgalteriya xisobi olib boriladi. Davr oxirida u moliyaviy xisobot tuzish bilan yakunlanadi. Xujjatning moliyaviy xisobotlari esa xar 1 xo‘jalik yili oxirida xissadorliklarning yoki ularning vakillarining umumiy yigilishida muxokama etiladi xamda tasdiklanadi.

Xujjatning ta’sis xujjatlari va ta’sis shartnomasida kuzda tutilgan takdirda unga kredit ajratuvchi bank muassasasiga, jamiyat ixtiyoriy a’zo bo‘lgan assotsiatsiyalarga, birjalarga va boshka tashkilotlarga buxgalterlik xisobining nusxasi topshiriladi.

Uz mablagi yoki mulkini xujjat faoliyatiga safarbar etgan investor yoki kreditor mulkdan jamiyatning nechogli samarali foydalanganini baxolay olishi, foydaning va dividentning tugri xisoblanganiga ishonch xosil kilishi kerak. Moliyaviy xisobotning asosiy shakli buxgalterlik balansidir.

Yangicha xisobot balansida aktivlar va passivlarning tavsifi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga muvofik keladigan darajada uz ifodasini topgan. Xujjatning aktivlari balansda jamiyat tomonidan xisobot davrida tasarrufida bo‘lgan va uning nazoratiga olingan vositalar xamda bergan karzlarning Qiymati sifatida ifodalangan.

Passiv uzilishi vositalar Qiymati va tushadigan daromadlarning kamayishiga olib keladigan karz xamda kreditorlik karzi buyicha jamiyat zimmasidagi majburiyatlardir. Aktivlar Qiymatining passivlar Qiymatidan oshishi jamiyatning uziga karashli vositalarini tovarlar etadi va uning Qiymati xisobot balansining passivida, uziga karashli vositalar manbai bulimida ifodalanadi. Shu yerda jamiyat foydasi xam uz foydasini topadi. Xujjatning yangicha balansi aktivlarning 3 ta bulimi va passivlarning 3 ta bulimidan iborat. Balans aktivlarining 1-bulimida asosiy vositalar nomaterial aktivlar, sarmoya sarflari va pudratchilarga berilgan avanslar, uzok muddatli moliyaviy kuyilmalar Qiymati ifodalanadi. Shu yerda foydaning ishlatilishi, ziyonlar, xissador kuygan vositalar amalga oshirilgan xisob kitoblar xam ifodalanadi.

Balansning aktiv kismi 2-bo‘limida jamiyat ixtiyoridagi moddiylashgan aylanma vositalar: ishlab chikarish zaxiralari Qiymati, tugallanmagan ishlab chikarish, tayyor maxsulotlar va boshkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi. Ishlab chikarishdagi arzon vositalar, maxsus jixozlar va moslamalar, maxsus kiyimlar va poyafzal dastlabki Qiymatida ifodalanadi. Jamgarilgan yemirilishi, eskirish Qiymatiga esa aloxida modda shaklida balans passivida ifodalanadi.

Balans aktivlarining 3- bo‘limida g‘aznadagi va bank schotidagi mavjud pu l mablaglari, kiska muddatli Qiymatli kogozlar sotib olishga Qilingan sarflar va boshka sarmoya sarflari, tovarlar va xizmatlar buyicha debitorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlar jamlangan.

Balans passivining 1-bo‘limida xujjatning uziga karashli aktivlari manbai tugri ma’lumotlar uz ifodasini topgan. Bu yerda ustav fondi, maxsus fondlar, ta’minlash fondi, kelgusi davr daromadlari va balans foydasi, xisob-kitoblar va moliyaviy kapital kuyilmalari buyicha kreditorlik karzlarining xajmi kayd etiladi. Ushbu bulimda asosiy fondlar va nomaterial aktivlarining eskirishiga Qilingan ajratmalar, kam Qiymatli vositalar, kutilayotgan xarajatlar va to‘lovlarni koplashiga ajratilgan rezerv mablaglari, xam sotilmagan tovarlar savdo ustamasining jamlangan Qiymati foydalaniladi.

Balans passivlarining 2- bo‘limida banklardan va boshka mablaglardan olingan kredit to‘g‘risidagi ma’lumotlar ifodalanadi. Shu bulimda barcha turdagi uzaytirilgan ssudalar buyicha jamiyatning bankdan karzi to‘g‘risidagi ma’lumotni xam ifoda etiladi. Balansda bank kreditlari 3 modda buyicha turlarga ajratiladi:



  • qisqa muddatli kreditlar (1yilga);

  • o‘rta muddatli kreditlar (1yildan 3yilgacha);

  • uzoq muddatli kreditlar (3 yildan ortik muddatga olingan kreditlar)

Balans passivlarining 3 - bulimida tulash muddati yuzaga kelgan kunidan boshlab, 1 yil mobaynida tugaydigan kiska muddatli kreditorlik karzlari ifodalanadi.Ushbu bulimda tulash muddati 1 yildan oshmaydigan veksel evaziga olingan karzlar xam ko‘rsatiladi. Uzok muddatli veksellar bilan rasmiylashtirilgan karzlar esa balans passivining 2- bulimida “uzok muddatli karzlar” tarkibida ifodalanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xujjatning barQarorligi sarmoyadorlarning dikkatini tortishi, boshka korxonalar bilan raqobatlashga olishi uning rentabellik darajasiga boglik. Xo‘jalikning rentabelligi uning foydaliligi bo‘lib, foyda summasining vositalar Qiymati va sarmoyaga nisbatan foiz xisobidagi darajasini bildiradi. Tahlil amaliyotida 3 turdan iborat rentabellik ko‘rsatkichlari:



  • maxsulot rentabelligi;

  • ishlab chikarish fondlari rentabelligi;

  • korxonalarga kuyilgan kuyilmalar rentabelligi -hisoblanadi.

Ishlab chikarish fondlarining rentabelligi sotilgan maxsulot rentabelligi, fondlarning xajmi va tarkibi, aylanma vositalar aylanishi tezligi uzgarishi, foyda uzgarishi va boshka kuplab omillar ta’sir etadi.

Rentabellik ko‘rsatkichlari sof foyda bo‘yicha hisoblanadi.




  1. Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqali foyda normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari

«Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz»1.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni ta’minlash muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz korxonalarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirishni taыozo etadi (4-rasm).





4-rasm. Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari.

Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi.

Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq soha bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy

jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga

oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va

vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-

uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va

sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik

jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi

raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – mahsulotlarimiz tannarxining yuqori

darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008 yil 28 noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (5-rasm):





Download 388.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling