- Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo‘jalikni oqilona samarali boshqarish uchun unga mos xo‘jaljk yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy dastaklar (baho, soliq, foyda, kredit, ish haqi kabilar), kategoriyalar, ko‘rsatkichlar, usullami (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normallashtirish kabilar) xo‘jalik yurituvchilar o‘z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar.
- Korxona iqtisodiyoti fani yuqorida keltirilganlarni mazmim va mohiyatini ochib beradi, ulami xo‘jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o‘rgatadi.
Korxona iqtisodiyoti - «Korxona iqtisodiyoti» - aholi va xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo‘jalik mexanizmlarini o‘rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining obyektiv qonunlari namoyon bo‘lishi va amal qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujuatlariga tayanadi. Iqtisodiyot - bu odamlar jamiyati, muayyan, cheklangan resurslardan foydalanib, kerakli mahsulot yoki xizmatlami ishlab chiqish, odamlar guruhlari o‘rtasida taqsimotiga aytiladi. Korxona iqtisodiyoti - qanday yuqorida keltirilgan vazifa ayrim korxona chegarasida hal etilishi haqidagi fan. «Korxona. iqtisodiyoti» «Iqtisodiyot» fanining tarkibiy qismi bo'lsada, mustaqil bilimlar sohasi hisoblanadi.
- Hozirgi kunda korxona iqtisodiyotiga bo‘lgan qiziqish sezilarli ravishda o‘sgan. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xomashyo, material va asbobuskuna yetkazib beruvchilar, shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste’molchilari (xaridorlar) bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona, bu - awalo ishlab chiqarish jamoa, odamlaming turli tarzdagi faoliyati bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush tarzi, ma’naviyat va axloq normalari shakllanadi. Bularning barchasi xo‘jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko‘rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi o‘rni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi.
- Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’i nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko‘rsatkichlari hamda aholining turmish tarzi shunchalik yuqori bo’ladi. Bunday sharoitlarda xo'jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o‘rinda har bir korxona, to‘g‘rirog‘i, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan hozirgi iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini, avvalo , uning asosiy ko‘rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to‘g‘ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishida o‘z hissasini qo‘shishi, uchinchidan esa, ishlab chiqarishning har bir bo‘g‘inida yuqori samara va sifat ko‘rsatkichlariga erishish masalasi qo‘yiladi.
- «Korxona iqtisodiyoti» xuddi boshqa fanlar kabi birinchi o‘rinda o‘rganish funksiyasini bajaradi. Uning mahsulot ishlab chiqarish moddiy-texnika resurslarini sarf qilishni talab qilishi bilan, xodimlar mehnati ularga haq to‘lash va rag‘batlantirishning boshqa shakllari bilan, daromad hajmi esa xarajatlar miqdori va bahoni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shma korxonalarda sodir etiluvchi hodisa va jarayonlami o‘rganishi va izohlashi mo'ljallangan. Bunda gap qandaydir omillami oddiy tarzda konstansiya qilish haqidagina emas, balki korxonalar iqtisodiy hayotining mohiyatini anglash, ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash yo‘llarini tanlash, baholash va tahlil qilish, eng muhim iqtisodiy jarayonlami prognozlashtirish va modellashtirish haqida ham boradi.
- Obyekt lotincha «objektum» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha narsa, buyum mazmunini bildiradi. Falsafada esa obyekt so‘zi bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot mazmunida hamda kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, predmet yoki shaxs ma’nosida ham ishlatiladi.
- Oddiy hayotda obyekt korxona, tashkilot, muassasa yoki biron bir faoliyat o‘tkaziladigan joy ma’nosida tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |