- Korxona iqtisodiyoti fanining obyekti iqtisodchi olimlar tomonidan har xil ta’riflanadi va ular bir-biridan mazmunan farq qiladi. Nerjiis olimlari F.K.Bea, E.Dixtla, M.Shvaytseralar madaniyat korxona iqtisodiyotining obyekti deb hisoblaydilar. Ulaming fikricha doimiy o‘zgarib turuvchi iqtisodiy reallik haqiqatda olganda boshqa hodisalar (diniy, huquqiy, badiiy, texnikaviy, tibbiy xarakterdagi) bilan tig‘iz bog‘liq bo‘lib, ular majmuasi (yig‘indisi) korxona iqtisodini tajribaviy asosini tashkil qiladi. Bu asosini ular milliy madaniyat deb hisoblash mumkin deydilar. Uning fikricha, iqtisodiy muammolar va iqtisodiy xatti-harakatlar madaniyat sohasi bilan to‘la integratsiyalashadi.
Mazkur fanning tadqiqotlari obyekti - bu kichik, o‘rta va yirik korxonalar bo‘lib, ular turli mulk shakliga ega bo’ladi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni asosida tashkil qilinadi. Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatning, moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og‘ irligi aynan korxonalar «yelkasi» ga yuklatilmoqda.
Kichik biznes subyektlari - korxona ko‘lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi subyektlar. Respublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida 100 kishigacha, ayrimlarida 50 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik biznes subyektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |