-real erishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imkoniyatlarining mavjudligida; -matematik usullardan va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengligida; -innovatsion jarayonlarni faoliyat va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llash imkoniyatlarining mavjudligida; -risklarni baholash va ularnri boshqarishda menejerlar rolining ortishida ko‘rish mumkin. Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. Operatsion faoliyatda pul oqimlariga quyidagilar misol bo‘ladi: - tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari; - royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari; - mol yetkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar; - xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar; - sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari; - foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa; - vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari. Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi: - aylanma mablag‘lar miqdori; - resurslarni safarbar qilish yo‘llari; - sarf-xarajatlarni optimallashtirish; - tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |