Korxona operatsion faoliyatining tahlili


Sotilgan mahsulot – iste’molchilarga ortib jo‘natilgan yoki hisob hujjatlari taqdim etilgan mahsulotlar


Download 484.87 Kb.
bet7/8
Sana18.02.2023
Hajmi484.87 Kb.
#1211916
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Korxona operatsion faoliyatining tahlili

Sotilgan mahsulot – iste’molchilarga ortib jo‘natilgan yoki hisob hujjatlari taqdim etilgan mahsulotlar.

Mahsulotlar nomenklaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro‘yxatidir.

Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o‘lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.

Korxona uchun ko‘proq foyda keltiruvchi, kam xarajat talab etadigan tovarlarni ishlab chiqarish manfaatlidir. Shu sababli, tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o‘zgarishlarni tahlil etishga alohida ahamiyat qaratiladi.

Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zgarishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.

Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak.

Ishlab chiqarish maromiyligi - bir maromda mahsulot ishlab chiqarishni tasniflaydi.

Ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etilishi resurslardan foydalanish darajasiga, mahsulot sifatini yaxshilanishiga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishiga ta’sir etadi.

Mahsulot sifati. Tahlilda muhim e’tibor ishlab chiqarishga va sotilgan mahsulotlar sifatiga qaratiladi. Mahsulot sifati deganda - uning tovarlilik darajasi, xaridorlar didiga mosligi, xalqaro va mamlakat standart meyorlariga javob berishidagi ijobiy tasnifiy jihatlari nazarda tutiladi.

Xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi yuzasidan mahsulotlarning oliy va birinchi kategoriyalar tarikblanadi.

Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.


Download 484.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling