Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir. Investitsion tahlil – investitsion faoliyat, uning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir. Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir. Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik subyektining moliyaviy harakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir. Operatsion faoliyat korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Uning tashkil etilishida, asosiy faoliyat turining (OKONX) belgilanishi ham shu bilan izohlanadi. Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi. Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi. Operatsion faoliyatning zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: -ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida; -erkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida; -boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligida; -joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida;
Do'stlaringiz bilan baham: |