Moliyaviy audit. Auditorlik faoliyati moliyaviy sohada eng keng tarqaldi, u yerda auditorlar tashkilot moliyaviy hisobotlarining to’g’riligiga va amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga mos kelishiga mustaqil baho beradi. Auditorlik xulosasida o’z ifodasini topadigan auditorning bahosi tashkilotning moliyaviy hisobotlaridan tashqi foydalanuvchilarning ushbu hisobotlar asosida qarorlar qabul qilishdagi tavakkalchiligini pasaytirish imkonini beradi.
Bozor iqtisodiyotida moliyaviy audit:
ishonchli (tekshirilgan) moliyaviy axborotni beradi;
auditorlik xulosasini berish orqali mijoz tashkilot moliyaviy faoliyatining aniqligini kafolatlaydi. Unda auditorning majburiyati moliyaviy hisobotlarning barcha tashqi foydalanuvchilari uchun tekshirilayotgan korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining muhim jihatlarini aniqlashdan iborat.
Davlat auditi. Davlat auditi davlat ehtiyojlarining qondirilishiga xizmat qiladi. Auditorlar tomonidan taqdim etiladigan axborotning foydalanuvchilari bo’lib davlat organlari hisoblanadi. Davlat auditini davlat moliyaviy nazoratining shakllaridan biri deyish mumkin, lekin u davlatning ob’ektiv professional bahoga bo’lgan ehtiyojlari qondirilgan taqdirdagina bu bilan cheklanishi lozim.
Moliyaviy nazorat – davlat moliyaviy boshqaruvining eng muhim funktsiyasi hisoblanadi. Davlat auditining eng keng tarqalgan shakli – taftish.
“Taftish – davlat moliyaviy nazorat tizimining amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligini, ishonchliligini va iqtisodiy samaradorligini aniqlashga yo’naltirilgan tarkibiy qismi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |