Korxonalar faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish yo‘nalishlari
-rasm. Korxonalar faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish
Download 36.8 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1-rasm. Korxonalar faoliyatini baholash tizimini rivojlantirishda innovatsion faoliyatni tashkil etish jarayoni1
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinadiki, korxonalarning bugungi vaziyatidan kelib chiqib dastlabki bosqichni kam xarajatlik evaziga tashkil etish lozim. Unda tadbirlar ijtimoiy, tashkiliy, iqtisodiy va integratsion yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Bu bog‘lanish korxonada innovatsion g‘oyalarni paydo bo‘lishiga shu turdagi tadbirlar yordamida sharoit ajratishga qaratilgan bo‘ladi. G‘oyani amalga oshirishga dastlabki sharoit innovatsiya g‘oyalari tadbirini amalga oshirish bo‘lsa, keyingisi, g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etish va uni moliyalashtirish bo‘lib, tsiklning oxirgi bosqichi korxonalararo tajriba almashishdir. Keyingi bosqichi tanlangan innovatsiya g‘oyasini tadqiqot qilish hisoblanadi. Unda innovatsion g‘oyani amalga oshirishning barcha tavakkalchilik tomonlari o‘rganiladi. Agar ikki va undan ortiq g‘oyalar tanlangan bo‘lsa, ularning rentabelligi tahlil qilinadi. Eng yuqori natija bergan g‘oya tanlanadi va amaliyotga tadbiq etiladi. Bundan tashqari innovatsion to‘garaklarni tashkil etish ham tavsiya etiladi. Bunday to‘garaklarning tashkil etilishidan avval xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish lozim. Buning uchun Yaponiya tajribasiga e’tiborni qaratamiz. Yaponiyaning bugungi muvaffaqiyati asosida ishlab chiqarish jarayonini ilmiy tashkil etilishi va mahsulot sifatini oshirish va innovaitsion mahsulot ishlab chiqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi sabab bo‘lgan. Bunda, ilk poydevorni Tokio universiteti professori Kaoru Isikava 1962 yilda “Sifat to‘garagi” konseptsiyasini ishlab chiqish bilan qo‘ygan edi. Yaponiyada bu soha keyingi yillarda juda ham ommalashib borgan va yuz minglab to‘garaklar tashkil etilgan. Mazkur to‘garaklarning samarasi mahsulot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, mahsulot sifatini kam xarajat evaziga oshirish tadbirlari ishlab chiqilgan va rag‘batlantirilgan. Respublikamiz korxonalariga ham shunday to‘garaklar samarasidan foydalanishni tavsiya etiladi. Mazkur to‘garaklar faqatgina sifatni emas balki, innovatsiyaga aloqador bo‘lgan barcha faoliyatni tadqiq etadi. Uni “Innovatsion to‘garaklar” deb atash mumkin. Innovatsion to‘garaklar quyidagi xususiyatlarni e’tiborga olib tashkil etiladi: to‘garak ko‘ngillilik printsipi asosida tashkil etiladi; uning a’zolari korxonaning eng ilg‘or, tajribali va yosh bilimli ishchilaridan iborat bo‘ladi; innovatsion to‘garaklarda qatnashuvchilar soni korxonaning katta yoki kichikligidan kelib chiqib besh nafardan 50 nafargacha bo‘lishi mumkin; o‘n nafardan ortiq a’zolari bo‘lgan korxonalarda to‘garak guruhlar bo‘yicha bo‘linadi; to‘garak etakchilari brigadir, master, ustalardan iborat bo‘ladi; Innovatsion to‘garak quyidagi masalalarni ko‘rib chiqadi: korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, tovar va xizmatlarni sifatini oshirish va tannarxini kamaytirish tadbirlari; foydalanilayotgan asosiy vositalar, texnika va jihozlarning samaradorligini oshirish tadbirlari; mehnat munosabatlarini takomillashtirish, korxonada ijobiy mehnat muhitini shakllantirish va mehnat jarayonlarini avtomatizatsiya hamda mexanizatsiyalash tadbirlari; ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonini unifikatsiyalash; Innovatsiya to‘garaklari aniq ish reja asosida faoliyat olib boradi. Har bir debatlar, muhokamalar mavzulari etakchilar tomonidan avvaldan a’zolarga tarqatib, kun tartibidagi mazkur masalalar yuzasidan ularga tayyorlanishga imkoniyat tug‘diriladi. To‘garakda ko‘riladigan mavzular bir yilda ikki-uchtadan oshmasligi tavsiya etiladi. To‘garakni yuritish bilan bog‘liq asosiy muammo hodimlar mas’uliyatini tashkiliy-farmoyish va ijtimoiy psixologik boshqaruv usullari orqali jonlantirish hisoblanadi. Sababi, to‘garak a’zolariga ishtiroklari uchun haq to‘lanmaydi. Innovatsion to‘garaklar samaradorligi quyidagicha tavsiflanadi: to‘garak faoliyatini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha davriy qo‘llanmalar tayyorlanib ishchilarga foydalanish uchun tarqatilib boradi; ishchilarni ijodiy qobiliyatini namoyon etish imkoniyati vujudga keladi; korxonaning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, innovatsiyalar transferi amalga oshiriladi; mehnat muhiti, munosabatlari yaxshilanadi. Ishchilarni hamjihatlikda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi jamoaviy muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; kam xarajat hisobiga foydani oshirish imkoniyati vujudga keladi. Innovatsion to‘garaklar samaradorligini yana davom ettirish mumkin. Mahoratli va malakali menejerlar inovvatsiyalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini ajarata olish tajribasiga ega bo‘ladilar. Biroq, tekshiruvning mavjud chegaralari ba’zan o‘zini oqlamaydi. Innovatsion landshaftning uchta asosiy tendensiyalari mavjud: 1.Innovatsiyaning yopiq modelidan ochiqroq modeliga o‘tish (ochiqlik); 2.Maishiy xizmat mahsulotlaridan ishlab chiqarish mahsulotlariga o‘tish (xizmat); 3.Yuqori sifatli xizmatlarga o‘tish (raqamlashtirish). Xulosa: Moliyaviy maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni yuqori tavakkalchilik bilan sarflanishiga sabab bo‘ladi. Natijada korxonaning o‘sishi va raqobatbardoshligi pasayadi. Korxona strategik maqsadlari shuning uchun muhimki, ular korxona raqobat mavqeini mustahkamlaydi va biznesning rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Strategiya – bu faoliyat turlarining ma’lum dastasini nazarda tutuvchi noyob va qulay mavqeni yaratishdir. Strategik mavqeni egallashning mazmuni raqobatchilardan ustun bo‘lgan faoliyat turlari dastasini yaratishdan iborat. Strategiyani yaratish asosiy boshqaruv muammosini ko‘taradi ya’ni, korxonaning hozirgi va kelajak imkoniyatlarini hisobga olib, kerakli natijalarga qanday erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Korxonalar faoliyatini baholash tizimini rivojlantirishda innovatsion xizmat turlaridan biri bo‘lgan maqsadli marketing tadqiqotlarini olib borilishi o‘z ichiga bir necha bosqichlarni oladi. Birinchi bosqich - bozorni segmentlash, ya’ni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bozorini iste’molchilarning faoliyat turi, hajmi, daromadi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlariga bo‘linishi tushuniladi. Bozorini segmentlashda korxonalar bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borishlari mumkin. Ikkinchi bosqich - maqsadli segmentlarni tanlab olishdan iborat. Bu bosqichda korxonalar o‘zlari uchun ko‘proq daromad yoki samara keltiradigan mijozlar guruhini ajratib oladilar. Korxonalar faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish o‘z maqsadli segmentini aniqlab olganidan so‘ng o‘z xizmatini ushbu segmentlarda samarali joylashtirishi maqsadli marketingning so‘nggi bosqichi hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1 Download 36.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling