Korxonalar jihozlari
-MAVZU: Hashorot va kemiruvchilarga qarshi kurash va uning epidemilogik axamiyati. Reja
Download 252 Kb.
|
KORXONALAR JIHOZLARI hamma movzular
4-MAVZU: Hashorot va kemiruvchilarga qarshi kurash va uning epidemilogik axamiyati.
Reja: 1. Hashorotlarni yetkazadigan zararlari? 2. Kemiruvchilar yetkazadigan zararlar qanday? 3. Zararlanishni bartaraf etish usullari? Barchamizga maʼlumki, dunyo dehqonchiligida har yili yetishtiriladigan ekinlarning kasallik, zararkunanda hamda hasharotlar bilan zararlanishi kuzatiladi va ularga qarshi kurashish maqsadida ko‘plab mablag‘lar sarflanadi. Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, Respublikamizda ham o‘simlik zararkunandalari va hasharotlariga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarning maqbul muddat va meʼyorlarda, sifatli amalga oshirilishi,“O‘zagroinspeksiya” tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda. Xususan, “O‘zagroinspeksi”yaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan g‘o‘za maydonlarida zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish ishlari bugungi kunda to‘liq nazoratga olingan. Jumladan, viloyatda zararkunanda va hasharotlarga qarshi biologik kurash ishlarini amalga oshirish maqsadida 37 ta biolaboratoriyalar faoliyati tashkil etilgan. Ushbu biolaboratoriyalar tomonidan mavsum davomida 426,4 kg trixogramma, 266,3 mln dona brakon hamda 360,7 mln dona oltinko‘z ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 90 foiz trixogramma, 73 foiz brakon va 72 foiz oltinko‘z biomahsulotlari ishlab chiqarilib, g‘o‘za maydonlariga tarqatilgan. Bundan tashqari, viloyatda zarur hollarda g‘o‘za zararkunanda va hasharotlariga qarshi kurashish ishlarini olib borish uchun kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish ishlari ham Inspeksiyaning viloyat boshqarmasining to‘liq nazoratida. Viloyatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha biomahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda kimyoviy vositalar zaxirasining yaratilishi, saqlanishi va qo‘llash ishlari ustidan “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari amalga oshirilib, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qonunbuzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda taʼsir choralari qo‘llanilishi va aniqlangan xato-kamchiliklarning bartaraf etilishi taʼminlanmoqda. Kemiruvchilar (Rodentia) - sut emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar turkumi. 1600, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000 ga yaqin turi maʼlum. Tanasi gʻoʻlasimon, uz. 5-130 sm. Koʻpchilik Kemiruvchilarning oyogʻida yer kavlashga moslashgan tirnoqlari bor. Boshi uzunchoq, tepasi yassi. Koʻzi turtib chiqqan, baʼzilarida esa rivojlanmagan (mas, koʻrsichqonlarda). Labida qilsimon moʻylovi bor. Qoziq tishlari koʻrinib turadi. Baʼzi kemiruvchilar (nutriya, ondatra va boshqalar)ning moʻynasi sanoat ahamiyatiga ega. Kemiruvchilarning koʻpchiligi qishloq xoʻjaligi zararkunandasidir. Oʻrta Osiyoda uchraydigan eng yirik Kemiruvchilar: jayra (Hystrixhirsu tirostus Vg .); sariq yumronqoziq (Citellus falvus oxianus Thorns.) — beda ekiniga, daladagi gʻallaga, tokzorlarga, mevali bogʻlarga zarar keltiradi va oʻlat kasalligini tarqatadi. Terisi qadrlanadi. Oʻrta Osiyoning tekislik qismida tarqalgan. Tanasi 30 sm cha; rangi qumsimon sariqqoramtir aralash. Dashtlarda yashaydi. Mavsumda bir marta koʻpayib, 6—8 bola tugʻadi; qadimgi yumronqoziq (Citellus relectus Kaschk.) — qir-adirlardagi bugʻdoy, arpa ekinlarini shikastlaydi. Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning togʻli hududlarida tarqalgan. Tanasi 22 sm cha; 4 tagacha bola tugʻadi; Turkiston olmaxoni (Dyromus nitedula angelus Thorns.) — oʻrik va boshqa mevali daraxtlarga zarar keltiradi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonning togʻli hududlarida tarqalgan. Tanasi 10 sm cha. Mavsumda 1—3 marta 2—6 tadan bola tugʻadi; kichik qoʻshoyoq (Allactaga elater Zicht.) gʻalla va boshqa ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyo, Jan. va Markaziy Qozogʻiston va boshqa joylarda tarqalgan. Kattaligi 9,5—11,5 sm. Orqa oyoqlari oldingisidan anchagina uzun. Choʻl va yarimchoʻllarda yashaydi. Tunda faol; kuzda uyquga kiradi. Yilda uch marta urchiydi; Turkiston kalamushi (Rattus turkestanicus satun) — Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda tarqalgan. Ombor mahsulotlariga zarar keltiradi; oʻlat kasalligini tarqatishi mumkin. Tanasi 20 sm cha. Usti qoʻngʻirkulrang , qorin tomoni sargʻish-oq. Yilda bir necha marta urchib, 8—10 bola tugʻadi; plastinka tishli kalamush (Wesokiaindica Gray.) — beda, gʻalla, sholi, bugʻdoy, makkajoʻxori, poliz ekinlari, baʼzan gʻoʻza hamda daraxtlarni shikastlaydi. Oʻzbekistonning jan. qismi, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Kulrangdan malla tusgacha. Aholi punktlariga yaqin yerlarda, ariq va daryo qirgʻoqlarida tarqalgan. Toʻda boʻlib yashaydi; Sever so v sichqoni (Musmusculus severtrovi Kaschk.) — uy zararkunandasi. Oziq-ovqat mahsulotlari, teri, kitoblarga zarar keltiradi. Tanasi 9—10 sm. Usti qoʻngʻir kulrang , qorin qismi oq; koʻrsichqonlar (Ellobius talpinus Pall.) — beda va boshqa ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Zakavkazye va boshqa hududlarda tarqalgan. Tanasi 9—12 sm. Usti sargʻish jigarrang , baʼzan qoʻngʻir. Oʻsimlik qoplami qalin joylarda tarqalgan. Yer ostida yashaydi. Qishki uyquga kirmaydi. Mavsumda 3 marta urchiydi; jamoatchi dala sichqon (Mikrotus socialis Pall.) — baʼzan bugʻdoy, arpa, kartoshkani shikastlaydi. Jan. Qozogʻistondagi togʻ oldi yerlari hamda togʻlarda, Qirgʻiziston, Jan. Turkmaniston va boshqa yerlarda uchraydi. Kattaligi 9—11 sm; sargʻimtir qoʻngir, qorin tomoni oq. Eversman qumsichqoni yoki qizildum qumsichqon (Pallasiomys erythrourus ssp. eversmanni Bagd.) — Oʻrta Osiyodagi xavfli kemiruvchi zararkunandalardan, gʻoʻza, bugʻdoy, poliz ekinlarini zararlaydi. Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonning baʼzi hududlarida tarqalgan. Tanasi 15 sm cha. Usti kulrang-sargʻish, qorin tomoni oq. Yil boʻyi faol hayot kechiradi. Yiliga 3—4 marta urchiydi; katta qumsichqon (Rhombomys opimus Zicht.) — sugʻorish kanallari qirgʻoqlarini, yaylov va boshqalarni shikastlaydi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston choʻllarida tarqalgan. Tanasi 17—20 sm. Usti malla sargʻish, qorin tomoni oqish. Toʻda boʻlib yashaydi; qishki uyquga kirmaydi. Sichqoncha va kalamushlardan zahar yordamida qanday qutulish mumkin? Juda onson. Zaharli idishlar yoriqlar yoniga yoki yormalar yoniga qo'yiladi. Salbiy tomoni, zaharning uy hayvonlariga ta'siri, agar ular uni iste'mol qilsalar. Va agar uyda kichik bolalar bo'lsa, ularni zahar bilan tasodifiy aloqa qilishdan ham himoya qilish kerak. Siz shunchaki kalamushlar va sichqonlarni yo'q qilish bilan shug'ullanadigan maxsus xizmatga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Ular kalamushlarni qanday chiqarishni aniq bilishadi va hech qachon qaytib kelmasliklariga ishonch hosil qilishadi. Shaxsiy uy xo'jaliklarida tez-tez uchraydigan tovuqxona va boshqa qo'shimcha binolardan kalamushlarni chiqarib yuborish ayniqsa muhimdir. Ma'lumki, kalamushlar kulga yaxshi toqat qilmaydilar, shuning uchun sichqonchani qanday qilib kul bilan haydash kerakligi haqidagi savol oddiygina hal qilinadi: kemiruvchilar yashash joylarida shunchaki pechdan yoki olovdan kulni to'kib tashlang. Siz uyda un va gips aralashmasini 1: 1 nisbatda tayyorlashingiz, suv bilan suyultirishingiz, idishlarga solib, teshiklarga qo'yishingiz mumkin. Sichqonlarga bu muomala yoqadi. Hayvonlarning oshqozonidagi gips muzlaydi, bu ularning o'limiga olib keladi. Ba'zi odamlar gips va un va suvning quruq aralashmasini alohida-alohida qo'yishadi. Ta'siri bir xil. Mavzu yuzasidan savollar: 1.Xashorot va kemiruvchilarga qarshi kurashish usullari xaqida ayting. 2.Kemiruvchilarga qarshi qanday vositalardan foydalanish mumkin. Download 252 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling