Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi
Risklarni o‘zaro bog‘liqligini baholash
Download 81.38 Kb.
|
10.Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi.
- Risklar ustuvorligini belgilash.
- Risk xaritasi.
- Riskka qarshi javob choralar.
Risklarni o‘zaro bog‘liqligini baholash. Risklar yakka ajralgan holda bo‘lmasligi sababli, korxonalar uchun riskni o‘zaro ta’sirini boshqarish muhim sanaladi. Portfel riskini tushunish uchun uning tarkibidagi har bir aktiv riskini alohida hisoblash, shuningdek ularning o‘zaro bog‘liqligida paydo bo‘ladigan riskni hisoblash kerak bo‘ladi.
Hatto ahamiyatsiz bo‘lgan risklar ham boshqa hodisa va holatlar bilan birgalikda potentsial yirik talofatga yoki aksincha imkoniyatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun korxonalar risklarni integrallashgan yoki yaxlit ko‘rinishida riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi, korrelyatsion matritsasi, «bow-tie» diagrammasi singari texnikalardan foydalangan holda baholashga intilishadi. Riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi. Eng soddagrafik ko‘rinishi – bu risklarni x va u o‘qlari bo‘ylab joylashtirish orqali tuzilgan shakli hisoblanadi. Ularni o‘zaro bog‘liqligini xaritada biror belgi (X) yoki miqdoriy ko‘rsatkich bilan qayd qilinadi (4- rasm).
rasm. Risk o‘zaro bog‘liqlik xaritasiga namuna.Risklar ustuvorligini belgilash. Risk ustuvorligi – bu risk darajalarini oldindan aniqlab qo‘yilgan riskni qabul qilishning chegaraviy qiymatiga nisbatan taqqoslagan holda riskni boshqarish ustuvorliklarini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Bunda risk nafaqat moliyaviy holatga salbiy ta’sir yoki ijobiy imkoniyat yaratishi sifatida ko‘riladi, balki shuningdek sub’ektiv mezon sifatida, ya’ni salomatlikka, hafvsizlikka yoki firma reputatsiyasiga ham salbiy ham ijobiy ta’sir ko‘rsatish, riskka moyillik hamda risk sodir bo‘lish tezligi sifatida ham qaraladi. Risklarni ustuvorligi bo‘yicha tartiblash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda risklar deylik ta’sir kuchini ehtimollikka ko‘paytmasi yoki ta’sir kuchini moyillikka ko‘paytmasi mezoni bo‘yicha tartiblanadi. Ikkinchi bosqichda tartiblangan risk ta’sir kuchi, sodir bo‘lish tezligi yoki joriy va kelgusi risk darajalari orasidagi farqi kabi qo‘shimcha sifatiy omillarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqib qayta tartiblash amalga oshiriladi. Ierarxiya. Risklarni birlashtirishning eng sodda yo‘li ularni ierarxiyasini tuzish hisoblanadi. Bunda risklar tashkiliy tuzulma, risk turi, geografik yoki strategik ob’ekt bo‘yicha ierarxiyasi tuziladi (5.4-rasm). Risk xaritasi. Odatda xarita ikki o‘lchamli ko‘rinishda bo‘lib, risk ta’sir ko‘rsatish kuchi va uning ehtimolligi yoki ta’sir kuchi va moyilligi nuqtai nazaridan tuziladi. Agar to‘laqon qamrab olinsa, uchinchi o‘zgaruvchanni ham, ya’ni riskni sodir bo‘lish tezligi yoki hisoblashlarning noaniqliklarini kiritish mumkin. Ta’sir ko‘rsatish shkalasini imkoniyatlar va risklar uchun xaritasi quyidagi rasm ko‘rinishida bo‘ladi. Riskka qarshi javob choralar. Riskni baholash natijalari riskka qarshi javob choralarini ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumot sifatida xizmat qiladi. Bunga muvofiq javob choralarining shartlari o‘rganiladi (riskni qabul qilish, kamaytirish, taqsimlash yoki qochish), «xarajat-daromad» tahlili amalga oshiriladi, javob choralarining strategiyasini shakllantiriladi va riskka qarshi javob choralarining rejasini ishlab chiqiladi. Umumiy holatda moliyaviy risklarni boshqarishda javob choralari sifatida riskdan qochish va riskni butunligicha qabul qilish (sug‘urtalash va zaxira qilish imkoniyati bilan) yoki risklarni paydo bo‘lish va o‘zgarish jarayonida uni aktiv boshqarishdan birini tanlashdan iborat bo‘ladi. Download 81.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling