Riskdan qochish qabul qilib bo‘lmaydigan yuqori darajadagi risklar bilan bog‘liq harakatlarni rad etishni anglatadi. Riskni qabul qilish vujudga kelgan riskni, salbiy oqibatlari o‘nglab bo‘lmaydigan yuqotishlarga olib kelmagunga qadar, faoliyatni amalga oshirishni anglatadi. Riskni boshqarish uning ehtimolliligi va zarar ko‘lamini dastlabki baxolash asosida riskni pasaytirish yoki oshirish bo‘yicha faol harakatni nazarda tutadi.
rasm. Risk va imkoniyatlar namunaviy xaritasi
Bundan tashqari risk vujudga kelishida yuqotishlar darajasini pasaytirish choralari quyidagi asosiy usullarga bo‘linadi:
aktıvlarnı bozor qıymatı bo‘yıcha qayta baholash;
majburiyatlarni ta’minlash – xususan marja yoki zalog kiritish yo‘li bilan;
kutilayotgan va ko‘zda tutilmagan yuqotishlarni qoplash uchun mablag‘larni zaxiralash;
limitlashtirish;
portfel diversifikatsiyasi;
sug‘urtalash;
xosilaviy instrumentlar yordamida xedjerlash.
Sanab o‘tilgan usullaridan ba’zilarini quyida batafsil ko‘rib chiqamiz.
Bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash. Aktivlarni bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash (marking to market – MTM) – bu bozor narxlarini muntazam tebranish natijasida ochiq pozitsiyalar bo‘yicha foyda va zararni kat’iy belgilash hisoblanadi, masalan har kunlik (birja bitimlari uchun) yoki uzoq muddatli vaqt oralig‘ida (birjadan tashqari instrumentlar uchun). Agar kelishayotgan tomonlarni ikkala tarafi ham simmetrik tarzda foyda va zararni hisobga olishsa, bu bozor qiymati bo‘yicha ikki tomonlama qayta baholash (two-way MTM) hisoblanadi, va agar zararlar bir tomonlama hisobga olinsa, bu usulni bozor qiymati bo‘yicha bir tomonlama qayta baholash (one-way MTM) deb nomlash qabul qilingan [3]. Bu usul riskni joriy holat bo‘yicha bartaraf qilsa-da, istiqbolda risk xavfi mavjud qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |