Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi


Kafolatlangan garov (marja)ga qo‘yilgan talablar


Download 81.38 Kb.
bet13/13
Sana18.01.2023
Hajmi81.38 Kb.
#1099288
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10.Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish.

Kafolatlangan garov (marja)ga qo‘yilgan talablar. Fyuchers shartnomalari bilan bitimlarda istiqbolli risk marja (margin) orqali qoplanishi mumkin. Marja – bu tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragent majburiyatlarini qisman ta’minlash shakli hisoblanadi.
Birjada yangi pozitsiyani ochilishida bozor qatnashchisi kliring palatasiga defolt holatining ta’minoti sifatida boshlang‘ich marja kiritishi kerak. Hisob palatasi savdo natijalariga ko‘ra ishtirokchilarni kunlik moliyaviy natijalari (daromadi va xarajati)ni aniqlaydi, buni variatsion marja deyiladi. Hisob palatasi salbiy natijaga ega bo‘lgan tomonning mablag‘ini hisob raqamidan olib, ijobiy natijaga ega bo‘lgan tomonning hisob raqamiga o‘tkazadi. Bu jarayonni ba’zan marjani qaytatdan hisoblash(remargining) deb atashadi. Agar zarar ko‘rish natijasida marja miqdori ma’lum chegaraviy darajadan tushadigan bo‘lsa, bozor ishtirokchisi hisob palatasidagi hisob raqamiga qo‘shimcha mablag‘ kiritishi kerak, aks holda uning pozitsiyasi majburiy tarzda yopiladi.
Ikki tomonlama netting. Riskni pasaytirish bo‘yicha amaliy natija beradigan usullardan biri va xalqaro moliyaviy bozorlarida svop bitimlarining standart sharti hisoblangan usul – bu talablarni ikki tomonlama o‘zaro hisobga olish (netting) usuli hisoblanadi.
Ikki tomonlama netting tuzulgan bitimlar bo‘yicha tomonlarni o‘zaro talab shartlarini ifodalaydi. Netting maqsadi netting kelishuvi qamragan barcha bitimlar bo‘yicha yalpi riskni sof risk miqdorigacha qisqartirishdan iborat.
Limitlash. Moliyaviy risklarga qarshi javob choralarining asosiy usullaridan biri

Limitlar o‘rnatish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    • limitlar amal qilishi risk bilan bog‘liq barcha faoliyatga joriy qilinadi;

    • limitlarni hisoblashda barcha ehtimolli yo‘qotishlar jamlanadi;

    • limitlar o‘rnatilgan risk ustuvorliklari bo‘yicha belgilanadi;

    • limitlar stress-test natijasiga ko‘ra belgilanishi kerak.

Riskni baholash va boshqarish jarayoni samarali va barqaror bo‘lishi uchun u sodda, amaliy va tushunishga oson bo‘lishi kerak. Bu borada muvaffaqiyatga erishish qaror qabul qiluvchi boshqaruv va resurslarga bog‘liq. Jarayon malakali mutaxassislar tomonidan tegishli texnologiyalardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
Download 81.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling