Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi
Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari
Download 81.38 Kb.
|
10.Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish.
Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlariAmaliyotda korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, xedjirlash, diversifikatsiyalash, risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin. Risklardan qochish amaliyotida korxona tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi: risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish; shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish; yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish; past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan voz kechish; vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish. Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash amaliyotida esa quyidagilarga e’tibor qaratiladi: qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz mablagʻlariga nisbatan); yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash; iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal miqdorini belgilash; bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit miqdorini belgilish; emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash; debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash. moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash; valyuta portfelini diversifikatsiyalash; depozit portfelini diversifikatsiyalash; kredit portfelini diversifikatsiyalash; qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash; real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash. Risklarni taqsimlash moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida amalga oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi mumkin: risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash; xom ashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash; lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash. Shuningdek moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlaridan hisoblanuvchi boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin: moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash; kafolatlar olish; fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish. Download 81.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling