Korxonalarda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish
Download 57.19 Kb.
|
2. Korxonalarda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish
Adabiyotlar tahliliKorporativ ijtimoiy mas‟uliyat bo„yicha xalqaro amaliyotda ko„plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, bir guruh olimlar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning zarurti haqida to„xtalib o„tishgan. “Xodimlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun kompaniyalar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatga yo„naltirilgan ichki boshqaruv tartib-qoidalarini joriy etishlari zarur. Shuningdek, direktorlar kengashi qarorlarni qabul qilish samaradorligini oshirish hamda aksiyadorlarning mulkini yanada oshirish uchun samarali korporativ strategiyalarni amalga oshirishi kerak” [1]. H.Sarwar va boshqalar fikricha, “so„nggi paytlarda ijtimoiy va atrof-muhit muammolari bo„yicha jamoatchilikning qiziqishi ortib borayotganligi sababli butun dunyo bo„ylab kompaniyalar o„zlarining korporativ ijtimoiy mas‟uliyat bo„yicha amaliyotlarini amalga oshirmoqda. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat kompaniyaning barqarorlikka intilish, to„g„ri tanlov qilish va jamiyatga ijobiy ta'sir ko„rsatadigan harakat yo„nalishlariga ega bo„lish majburiyatlarini anglatadi” [2]. N.Alhosani va H.Nobaneelar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning mohiyatini yoritib berishgan. “Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat kompaniya manfaatlaridan va qonun talab qiladigan jihatlardan tashqari ma‟lum bir ijtimoiy manfaatlar uchun amalga oshiriladigan harakatlar deyish mumkin. Shuningdek, ba‟zi olimlar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni kompaniyaning barqaror rivojlanishida qonuniy talablardan tashqari ixtiyoriy amalga oshiriladigan xatti-harakatlar deb ta‟kidlashgan. Shu sababli korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan mos keladigan uzoq muddatli tizimni shakllantirish jarayoni sifatida ko„rish mumkin” [3]. M.Tang va Y.Wang korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning ijobiy jihatlariga e‟tibor qaratishgan. “Korporativ ijtimoiy mas'uliyatni amalga oshirish atrof-muhit, jamiyat, xodimlar va boshqa manfaatdor tomonlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ijtimoiy farovonlik haqida qayg„uradigan hukumatlar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirishning jamiyatga ijobiy ta'sirini hisobga olgan holda kompaniyalarni korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirishga rag„batlantiradi. Xususan, soliq imtiyozlari, odatda, kompaniyalarning mavjud mablag„larini ko„paytiradi va bu orqali kompaniyalarni o„zlarining ijtimoiy mas'uliyatlarini bajarish qobiliyatini oshiradi” [4]. Bir guruh olimlar ta‟kidlashicha, “korporativ ijtimoiy mas'uliyat kompaniyalar o„z faoliyatini jamiyat qadriyatlariga muvofiq rivojlantirishi, shuningdek, manfaatdor tomonlarning talablarini qondirishi majburiyatlarini o„z zimmasiga olishini bildiradi. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat samaradorligining uchta asosiy yo„nalishi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy yo„nalishlar hisoblanadi. Innovatsiyalar ham korporativ ijtimoiy mas‟uliyat hamda barqarorlik standartlari va maqsadlariga mos kelishi kerak. Shuning uchun kompaniyalar tomonidan innovatsion strategiyalarning ajralmas qismi sifatida korporativ ijtimoiy mas‟uliyatga ko„proq e‟tibor qaratilmoqda hamda innovatsiya va korporativ ijtimoiy mas‟uliyat munosabatlariga qiziqish tobora ortmoqda” [5]. Y.Luo va boshqalar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni mohiyatan yoritishga harakat qilishgan. Shuningdek, korporativ ijtimoiy mas‟uliyat strategiyasining ahamiyatini yoritishgan. “Korporativ ijtimoiy mas'uliyat bu normativ yoki qonundagi talablardan tashqari bajariladigan korporativ ekologik va ijtimoiy xattiharakatlar yig„indisi hisoblanadi. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat kompaniyalarning aksiyadorlar, xodimlar, mijozlar, yetkazib beruvchilar, jamoalar, hukumatlar va atrof-muhit oldidagi mas'uliyatini qamrab oladi. Shuningdek, boshqaruv nazariyasida korporativ ijtimoiy mas‟uliyat direktorlar kengashlari tomonidan ishlab chiqiladigan korporativ strategiyada muhim hisoblanadi” [6]. D.Suyunov va E.Hoshimov korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirishdagi muhim tamoyillar haqida fikr bildirishgan. “Ijtimoiy mas‟uliyat hamda tabiatni muhofaza qilish masalalarida korporativ boshqaruvning barqarorlik tamoyili kompaniyaning rolini anglab olishda qo„l keladi. Shuningdek, korporativ boshqaruvni baholash metodologiyasi aksiyadorlar huquqi, boshqaruv va nazorat organlari faoliyati, axborotlarni oshkor qilish, boshqa manfaatdor tomonlarning manfaatlariga rioya etish kabi komponentlar bilan birga korporativ ijtimoiy mas‟uliyat komponentidan ham tarkib topgan” [7]. Korporativ boshqaruvda korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning roli hamda amalga oshirilish yo„nalishlarini ham alohida ta‟kidlash lozim. “Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish yo„nalishi sifatida keng ko„lamli amaliy ishlarni tadbiq etishda omil hisoblanadi. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatli aksiyadorlik jamiyati sifatida shakllanish uchun ijtimoiy, iqtisodiy va atrof-muhitni himoya qilish mezonlariga to„liq javob berish darkor. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga tadbiq etish orqali ko„pgina amaliy yutuqlarga, insonlar va investorlar ishonchiga erishish mumkin” [8]. “Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat korporativ boshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu konsepsiya barqaror rivojlanishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ko„rsatkichlari tizimida aks etadi hamda kompaniya strategik rejalashtirish va boshqarishning bir bo„g„ini hisoblanadi, jamiyat bilan doimiy munosabatlar orqali amalga oshiriladi. Konsepsiyaning mohiyati shundan iboratki, har qanday ishlab chiqarishga oid va iqtisodiy qarorlar ularning kompaniya va jamiyat uchun ijtimoiy va ekologik oqibatlarini inobatga olingan holda qabul qilinadi. Bunda korporativ ijtimoiy mas‟uliyat kompaniyaning strategik rivojlanish, ishchanlik obro„-e‟tiborini va raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda uning bozor kapitallashuvini oshirishda kuchli omil bo„lib xizmat qiladi” [9]. Yuqoridagi tadqiqotchilarning korporativ ijtimoiy mas‟uliyat bo„yicha bildirgan fikrlarini inobatga olgan holda ta‟kidlashimiz lozimki, korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirishda davlat tomonidan huquqiy bazaning shakllantirilishi, korxonalarning korporativ boshqaruv organlari tomonidan korporativ ijtimoiy mas‟uliyat strategiyasi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda ijtimoiy, ekologik hamda iqtisodiy samaradorlikning yuzaga kelishini esa alohida ta‟kidlash joiz. Download 57.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling