1-rasm. Korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish bosqichlari [10]
Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirishda, albatta, bu bo„yicha korporativ boshqaruv organlari tomonidan korporativ ijtimoiy mas‟uliyat strategiyasi ishlab chiqilishi lozim. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirish bir necha bosqichlardan iborat (1-rasm).
2-rasm. Kompaniyada korporativ ijtimoiy mas’uliyatni baholashda e’tibor qaratiladigan jihatlar [11] Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirishda uni baholashga ham alohida e‟tibor qaratiladi. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni baholashning bir qancha usullari mavjud. Masalan, korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni baholashda qo„llaniladigan EcoVadis baholash va reyting metodologiyasi mavjud. Mazkur usul kompaniyaning korporativ ijtimoiy mas‟uliyat bo„yicha ma‟lumotlarini shakllantiradi va tahlil qiladi hamda natijalarni 0 dan 100 gacha bo„lgan shkala bo„yicha aks ettiradi. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni baholashda bir qator jihatlarni inobatga olish zarur. Mazkur jarayonda dalillarga tayanish, qamrov darajani hisobga olish, ekspertlar xulosasini olish, texnologiyalarga e‟tibor qaratish kabi masalalar muhim hisoblanadi (2-rasm).
Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalda qo„llashning ko„p tomonlama ijobiy ta‟sirlarga egaligini alohida ta‟kidlab o„tish lozim. Xususan, mazkur amaliyot nafaqat jamiyatga, balki atrof-muhitga hamda korxonaga ham ijobiy ta‟sir ko„rsatadi (3-rasm).
3-rasm. Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning ijobiy ta’sirlari2
3-rasmdan ko„rish mumkinki, korporativ ijtimoiy mas‟uliyat jamiyatdagi muammolarni hal etishga, atrof-muhitni yaxshilashga hamda korxona uchun iqtisodiy samaradorlikka erishishga yordam beruvchi vositalardan biri sifatida amalda qo„llanmoqda.
2-jadval Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning SWOT tahlili3
Do'stlaringiz bilan baham: |