Korxonalarda marketing xizmatini boshqarishni tashkiliy tizimi


Marketingning eng asosiy vazifalaridan biri


Download 0.86 Mb.
bet10/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1565303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
marketing tizimini boshqarish tizimi 25.05.2023

Marketingning eng asosiy vazifalaridan biri, kafolatlangan yuqori sifatli
va xaridor talabiga javob beradigan raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishni va sotishni tashkil qilish hamda yo‘lga qo‘yishdir. Marketingli
yondashishda tovar yuqori sifatli sanalishi uchun u sifat bo‘yicha xalqaro texnik standartlarga javob berish bilan birga ma’lum bozor segmentining ehtiyojiga ham javob berishi kerak. Shuning uchun marketing xizmatining markaziy vazifalaridan biri sifatli boshqarish sanaladi.
70-yillardan boshlab bizning milliy iqtisodiyotning turli tarmoq korxonalarida sifatli boshqarish kompleks tizimlari rivojlana boshlagan edi. Ammo ular asosan turli texnik standartlar yaratish va standart mahsulotlar ishlabchiqarishni nazorat qilishgagina asoslangan edi. Biroq shunday tizimlar tovarlarning yuqori sifatliligini ta’minlamas edi, chunki iste’molchilarning kelajakdagitalab va ehtiyojlari e’tiborga olinmas edi. Doimiy tovarlar taqchilligi sharoitida kelajakdagi talab va ehtiyojlar to‘g‘risida o‘ylashga vaqt ham yo‘q edi.
“Marks end Spenser” deb ataluvchi ingliz firmasi sifatni boshqarish
tizimi tushunchasini shunday ta’rif qiladi: “eng kam xarajat va eng kam
tannarx bilan bir vaqtda xaridorlar ehtiyoji va talabini to‘la qondirishga
qaratilgan ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida yuqori sifatni vujudga keltirishga qaratilgan intilishlarni samarali birlashtirish, shu sifatni ta’minlash va rivojlantirishga qaratilgan, xodimlar guruhining intilishlaridir .Mana shu firmaning mahsulot sifatiga marketingli ijobiy yondashishga misol qilishimiz mumkin. To‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mashhur “KORA” firmasining korxonalariga buyurtmalar berish jarayonida “Marks end Spenser” savdo kompaniyasi ulgurji savdo tashkilotidan 9 shilling 6 pens bo‘lgan ayollar paypog‘ini sotib oldi. Xuddi shunday tovarni “KORA” firmasi 8 shilling 6 pensga yetkazib berishga tayyor ekanligini bildirdi. “Marks end Spenser” kompaniyasi bu tovarni oldi va bir shilling farqdan olgan foydani o‘zi almashtirmadi va undan narxni arzonlashtirishda foydalanmadi. Aksincha, mablag‘ tovarning sifatini yaxshilash uchun ishlab chiqarishga sarf qilindi. Shunday qilib, xaridorlar ilgarigi tovarni tushirilgan narxda emas, balki sifati yaxshilangan holda oldingi narxda sotib oldilar. Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, marketing xizmatida kadrlarning o‘rni katta ahamiyatga ega. Xorijda marketing bo‘yicha mutaxassislar maxsus maktablar va universitetlarda tayyorlanadi.
Bizda bu ish endi boshlandi. Hozirgi kunda Respublikamizning ko‘pchilik oliy o‘quv yurtlarida bu mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish,soliqlar tizimining islohoti, tijorat banklarining vujudga kelishi, kelishuvchi korxonalarga o‘tish, baholarni tashkil etish islohoti va boshqa shu kabi talablari marketing strategiyasi va taktikasini to‘liq egallagan mutaxassislarga talabni kuchaytirmoqda.
Tarixiy rivojlanishimizning o‘ziga xos xususiyatlari xorijiy marketing
usullaridan bizning sharoitimizda shundayligicha va oqilona o‘z imkoniyatlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanishimizga imkon beradi. Shu sababli biz marketingli izlanishimizni tashkil qilishimiz va tajriba to‘plab borishimiz zarur. Bugungi kunda jamiyatimizning rivojida bozoriqtisodiyotiga o‘tishdan boshqa yo‘l yo‘qligi hammaga ma’lum. Bu o‘zo‘zidan ma’muriy buyruqboz rahbar o‘rniga ijodkor inson chiqishini ta’minetadi. Shu sababli eng muhim kasblar ichida – marketolog kasbi muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Bu esa kasb egalarini har tomonlama qo‘llabquvvatlashni,ularni tayyorlashni yaxshilash va oxir-oqibatda ilmiy marketing maktabini yaratishni vazifa qilib qo‘yadi. 40–50-yillarda “hamma narsani kadrlar hal qiladi” degan shior mavjud edi. Bizning mamlakatimizda bu shior shiorligicha qolib ketdi. Bu shiorning haqiqiy mazmunini“g‘arbdagilar” aniq tushunib yetdilar va hayotga to‘la tatbiq qila oldilar.
Bugungi kunda bizning o‘z shiorimizga qaytadan hayot ato etishimizga imkoniyatmavjud. Bu ishda bizga umumjahon bozor munosabatlarining nazariyasiva amaliyoti bo‘lgan marketingga asoslangan yangicha iqtisodiy fikrlash yordam beradi.Marketingni tashkil qilish – korxonada bir necha yo‘nalishda amalgaoshirilishi mumki1. Funksional – bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovarharakatini tashkil qilish doiralariga tushadi .
2. Tovarlar prinsipi bo‘yicha tashkil etish. Bunda funksional tamoyillarga,yana har bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi
3. Bozor prinsipi bo‘yicha tashkil etish. Bunda funksional tamoyillarga,
yana har bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar qo‘shiladi.Shunday qilib, funksional marketing bo‘linmalarining tashkil etilishidamarketing bo‘limlari marketing faoliyatining xususiy funksiyalari bo‘yicha ierarxik bo‘linadi. Bu kabi strukturaga kichik ishlab chiqarish dasturi va tor tovar assortimentiga, kam sonli milliy bozorlar va ular segmentiga ega kichik korxonalar (marketing xizmatlari) kiradilar. Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘linmalarning boshqarishdagi soddalik, bajariladiganfunksiyalarga yuqori javobgarlik. Lekin, strukturaning bunday ti pi qator kamchiliklarga ham egadir:
tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;bozorning regional segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talablariga tezkor reaksiyaning sustligi;marketing tashkilotlari tadbirlarini moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi.
Xulosa
Sotishni rag'batlantirish - bu ma’lum bir muddatda sotish hajmini oshirish maqsadida turli rag'batlantirish vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu rag'batlantirish vositalariga: mukofotlar, chegirmalar, ketma-ket tovami sotib olgani uchun sovg'alar, lotereya va uyinlar o'tkazish, tovar bilan qo'shimcha narsalar qo'shib berish, bepul etkazib berish va o'matish, ma’lum muddatda sotilgan tovarga bepul xizmat ko'rsatish va boshqalar kiradi. Marketingda kommunikatsiya deb biz har xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan, xaridorlar, sotuvchilar, ta’minotchilar,aksionerlar, boshqaruv organlariga firmadan yuboriladigan signallar majmuin tushunamiz. Kommunikatsiya siyosati (promotion mix) - bu tovami bozorga siljitish usullari yig'indisidir. Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo‘lib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko'rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi. Reklama - bir tomonlama ommaviy kommunikatsiyaning to'lovli turi bo‘lib, u aniq bir xomiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo'Ilab-quwatlashga xizmat qiladi.Shaxsiy sotuv- bu «o'lchalik» kommunikatsiya yakka ikki tomonlama bo‘lib (dialog) maqsadi mizojni tuxtovsiz tarzda harakatga keltirishga undash. Bir vaqtning o‘zida firma uchun axborot manbai hamdir.
Savdoni avj oldirish-shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni toMdiruvchi hammatovami sotishni tezlashtirish va ma’lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha choralami o‘z ichiga oladi.Jamoatchilik bilan aloqa - aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar yordamida tashkilot va uning turli auditoriyalari orasida, o'zaro bir-birini tushunish va ishonchli ruxiy holat yaratishga xizmat qiladi. Bu yerdagi kommunikatsiyaning maqsadi faqat sotishgina emas, balki firma faoliyatini qo‘llab-quwatlash hamdir. Bu an’anaviy muloqot vositalaridan tashqari quyidagi bevosita kommunikatsiya turlari: salonlar,yarmarkalar, ko‘rgazmalar, pochta orqali tarqatish, telemarketing, kataloglar orqalisavdo ham mavjud.
Chakana savdodagi reklamani qo'llash joyiga, vazifasiga texnikaviy vositalami qoplash va ulardan foydalanish uslublariga qarab bir-biridan farq qiladi.

ADBIYOTLAR RO’YHATI


1. I.A Karimov Jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi O’zbekiston sharoitida.Uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.a Karimov -T:O’zbekiston 2009.-56 b.
2. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish -davr talabi Prezident Islom Karimovning 2008-yida mamlakatimizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan vazirlar mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // xalq so’zi 2009-yil 14-fevral 33-34-son
4. Z .Bogiyev G.L Tarasivech V.M Ann X. Marketing Ucheb – SPB Piter 2008
5. Qosimova M.S.. Yusupov M.S .. Ergashxodjaeva Sh.j Marketing darslik-T – O’zbekistan yozuvchilar uyushmasi 2005
6. Yusupov M.A . Abdurahmonova N. Marketing -T Iqtisodiyot 2007
7.Internet ma’lumotlari www.ziyonet.uz, www.arxiv.uz


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling