Korxonalarda marketing xizmatini boshqarishni tashkiliy tizimi


Marketing – biznes falsafasi


Download 0.86 Mb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1565303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
marketing tizimini boshqarish tizimi 25.05.2023

Marketing – biznes falsafasi
Marketing – bu biznes falsafasidir, bunda iste’molchilar va potensial
iste’molchilar biznes strategiyasining markaz doirasida turadi. Ushbu faoliyat
turlariga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
– iste’molchilarning va potensial iste’molchilarning ehtiyojlarini aniqlash;
– mahsulotning optimal strategiyasini tanlash;
– mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib to iste’molchilargacha samarali
yetkazib berishni (o‘tkazishni) ta’minlash;
– mahsulotlarni iste’molchilar sotib olishlariga ishontirish va ularni
axborotlar bilan ta’minlab borish;
– sotiladigan mahsulotlar narxini aniqlashtirib olish;
– faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlarni kengaytirish va yangi bozorlar
tashkil qilish uchun harakat qilish.
Tadbirkorga marketing nima uchun kerak?
“Mahsulotlarni sotish uchun marketing kerak”, degan tadbirkorlarning
an’anaviy javobi, lekin bunday javob qoniqarli emas. Bizning tadbirkorlar
mahsulotlari sotilmay qolgan taqdirdagina marketing tadqiqotlari
bilan shug‘ullanishni eslab qoladilar. Ishlab chiqilgan va sotib olingan mahsulotlarni
sotishda muammo chiqib qolganda tadbirkorlar: “Mening mahsulotlarim
yaxshi-ku, nega ularni sotib olmayaptilar”, deb marketing tadqiqoti
bilan shug‘ullanishni o‘ylab qoladilar.
Bunday yondoshish marketing miopieysi (kalta qo‘llik) yoki marketingning
tovarlar yo‘nalishi deyiladi.
Tadbirkorlar hech qanday qiyinchiliklarsiz mahsulotlarini sotib turishgan
vaqtda uni ishlab chiqarish doim naf keltiradi. Buning uchun
yo‘nalishni yaxshi anglab olish kerak. Bunda iste’molchilarning ehtiyojlari
qanday ekanligini, ularning tovarlarga nisbatan fikrlari, iste’molchilar qanday
tovar va xizmatlarni xohlaydilar va qanday narxda sotib olishlari mumkin
degan ma’lumotlarga tadbirkor doim ishlab chiqarishni tashkil qilishdan
oldin ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkor marketing faoliyatini tadqiq qilish jarayonida iste’mol darajasini
o‘rganibgina qolmasdan, balki ushbu iste’molni qondirishga e’tiborini
qaratishi kerak.
Marketing maqsadi – taqsimotni jonlantirish, mijozni yaxshi tushunish
va anglash, tovarlar yoki xizmatlarni iste’molchiga to‘g‘ri kelishini
o‘rganishdan iborat.
Marketing tadqiqotlarini olib borish jarayonida SWOT tahlili alohida
o‘rin egallaydi.
Marketingning ko‘pgina ta’riflari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlarini
quyidagi chizmada keltirib o‘tganmiz:
1. Marketing Marketing – bu tijorat faoliyatidir, bunda biznes
instituti (AQSH) rivojlanadi, iste’molchilarning ehtiyojlarini
aniqlaydi va ularga munosib javob bera oladi.
2. Piter Drakker Marketing – bu butun biznes jarayoni bilan faoliyatning
oxirgi natijasini nazarda tutadi, bu esa
iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirilganligi
nisbatini e’tiborga olib boradi.
3. Filip Kotler Marketing – bu muhtojlik va ehtiyojni ayirboshlash
orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining
turidir.
3-chizma. Marketing ta’riflari.
Tadbirkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan hamma xodimlar marketing tadqiqotlarini
olib borishni yaxshi bilishlari va tushunishlari hozirgi kun talabi
bo‘lib qolmoqda. Chunki, uzoq muddatli faoliyat ko‘rsatish maqsadida
marketing sohasini bilish orqaligina biznesni to‘liq amalga oshirish mumkin.
Misol uchun:
1. Siz yaqinda sotib olgan mahsulotingizni ishlab chiqaruvchi yoki
yetkazib beruvchi tomonidan qanday marketing jihatlaridan foydalanib
namoyish qilganligi haqida o‘ylab ko‘ring.
2. O‘zingizning ehtiyojingizni qondirish maqsadida, o‘zingizni sotib
oluvchi deb tasavvur qilib ko‘ring, siz qachon va qanday vaqtlarda quyidagi
ovqatlanish korxonalari xizmatidan foydalanishingiz mumkinligi haqida
diqqat bilan o‘ylab ko‘ring:
a) uyga tayyor ovqat olib ketish mumkin bo‘lgan do‘kon xizmatidan;
b) Makdonalds – tayyor ovqatlar, bir zumda kafesidan;
d) yuqori sifatli restoran xizmatidan foydalanasiz.
Endi ushbu ovqatlanish korxonalarining marketing siyosatiga kelsak,
qaysi ovqatlanish korxonasi marketingi sizning e’tiboringizni o‘ziga jalb
qila oladi (masalan, mahsulot, atrof-muhit ta’siri, reklama tadbirlari va
marketingning qo‘llanilish maqsadi).
Marketingni ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatishni boshqarish va bozor
yo‘nalishidagi savdo-sotiqning yagona bir tizimi sifatida ikki jihatdan
qarab chiqish zarur.
Birinchi jihati – Marketing tadqiqotlari tadbirkorlik faoliyatini
boshqarishdagi muayyan tafakkur tarzidan iborat, uning o‘ziga xos tomoni
shundan iboratki, tadbirkor bozor yo‘nalishida faoliyat olib boradi, ya’ni
an’anaviy bo‘lib qolgan sotish talablariga moslashishdan bozor talablariga
moslashishga o‘tadi. Bu esa boshqaruvchilar (menejerlar) va umuman tadbirkorlik
faoliyatidagi yanada yuqoriroq bosqich bo‘lib, tadbirkor yangi
ilg‘or texnologiyaga asoslangan holda, texnologiya talablari bilangina cheklanib
qolmay, pirovard maqsad – bozor talablariga mos keladi, bu esa
boshqaruv sohasida qarorlar qabul qilish tarzini ko‘p jihatdan o‘zgartirib
yuboradi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning texnikaviy ko‘rsatkichlari bilan
bir qatorda uning iste’mol sifatlarini takomillashtirishga katta e’tibor
beriladi. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarigina emas, shu bilan birga bozor
narxlari darajasi ham e’tiborga olinadi. Tovarni g‘iloflash muayyan darajada
mahsulotni sotishni tezlatadigan va ayni paytda tovarlarning firma reklamasini
kengaytiradigan muhim tadbir tarzida baholanadi. Marketingni tashkil
etish mahsulot savdosini nazorat qiladigan marketing bo‘limi va xizmatlarini
barpo etish bilan cheklanib qolmaydi. Marketing faoliyati tadbirkorning
o‘z marketing tizimini tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu
tizim esa asosiy uch tashkiliy bo‘limdan tashkil topadi: boshqaruv, tadqiqot
va nazorat bo‘limlari.
Tizimning boshqaruv bo‘limi – bu marketingni tashkil etish bilan
shug‘ullanadigan xizmatdan iborat, uning asosiy vazifasi – tadbirkorlik faoliyatining
barcha bo‘linmalarini zarur bozor ma’lumotlari bilan ta’minlash va
ularning bozor talablariga to‘g‘ri keladigan faoliyat olib borishlariga mo‘ljal
olish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiki ishlarni o‘zaro muvofiqlashtirishdir.
Tizimning tadqiqot bo‘limi – bozorni, sotishni, ishlab chiqarishni,
narx-navoni, reklama va boshqa marketing faoliyati sohalarini qamragan
holda tadqiq etishning uslubiy, axborot yo‘l-yo‘riqlari va tartib-qoidalaridan
iborat.

Tizimning nazorat bo‘limi – marketingning maqsadli dasturlari va uni


nazorat qilishdan iborat. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – bozordagi
mavjud vaziyatlar va tadbirkorning imkoniyatlariga qarab turli davrda strategiya,
taktika, tezkor bozor faoliyatini shakllantirishdir.
Ikkinchi jihat – bu marketing bozorida to‘g‘ridan to‘g‘ri olib boriladigan
faoliyat deb yuritiladi. Agar marketing mahsulotlarni sotish, ishlab
chiqarishni boshqarish tizimi sifatida tadbirkorning ishonchli tayanchi hisoblansa,
bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bo‘lgan marketing tadqiqotlari
tadbirkorning faoliyat yuritishini shakllantiradi, marketingning turli usul
va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing – “mix”ni vujudga
keltiradi. Uning asosida “4p” formulasi turadi:
1 – narx (price)
2 – mahsulot (product);
3 – joy (place);
4 – siljitish (promotion).
Har qanday tadbirkor o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun
marketing – (mix)ni turli guruhlantirish va ko‘rinishlarda qo‘llaydi:
• mahsulot sifati va xizmatini takomillashtirish;
• moslashuvchan narx siyosati;
• reklama;
• savdoni kuchaytirish;
• mahsulotni sotish shartlari;
• tovar harakati yo‘llari va hokazolar.
Bunda marketingning bozordagi faoliyati ommabop shakl va usullari
yo‘q. Har bir xo‘jalik subyekti ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish xususiyatlari
va bozordagi holatni hisobga olgan holda, o‘z boshqaruv marketingi
va marketing – (mix) modelini ishlab chiqadi.
SWOT tahlili yordamida bozor bo‘shlig‘ini aniqlash.
Strengths (ustunlik), Weaknesses (kamchiligi),
Oportunities (imkoniyatlar), Threats (xavf-xatar)
Tadbirkorlik Atrof-muhit
faoliyatining Bozor tomonidan
ustunligi va bo‘shlig‘i imkoniyatlari va
kamchiligi xavf-xatarlari
4-chizma. Bozor bo‘shlig‘i chizmasi.
Marketing — o‘zbekistonlik tadbirkorlarning eng «og‘riq» nuqtalaridan
biridir. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan muammolar bilan
birgalikda tadbirkorlik subyektining o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini
sotish imkoniyatlari bilan mavjud muammolar ilgari surilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini tahliliy o‘rganish jarayonida uning ustunliklari,
imkoniyatlari, kamchiliklari va tahdidlarini qiyosiy o‘rganish orqali
amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini rejali va bir maqsad
sari to‘g‘ri olib borish uchun quyidagi SWOT tahlilidan yuqori darajada
foydalanishi kerak bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda quyidagi holatdan foydalaniladi.
SWOT tahlili uchun savollar
S – Ustunlik W – kamchiligi
Mahsulotimizning yaxshi Yaxshilash mumkin emasmi?
tomonlari Kompaniyamizga yaxshi
Faoliyatimizning boshqa– e’tibor va o‘zgarishlarni
lardan kuchli tomoni qanday qilamiz?
Rivojlanishimizga nima
xalaqit beryapti?
O – Imkoniyatlar T – Xavf-xatar
Biznesni rivojlantirish Korxonamiz oldidagi xavflar
uchun tashqi muhit ta’siri? Atrof-muhit

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling