Korxonalarda marketing xizmatini boshqarishni tashkiliy tizimi


Download 0.86 Mb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1565303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
marketing tizimini boshqarish tizimi 25.05.2023

2.3. Marketing turlari
Marketing faoliyati talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina
qolmay, balki talabga ta’sir qilishdan ham iboratdir. Marketing faoliyatining
aniq maqsadlarini – bozorda mavjud bo‘lgan muhitni hisobga olish,
iste’molchilar ehtiyojlarini, biznes faoliyatining o‘z iqtisodiy va sotsial
vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi aniqlanadi. Shunga ko‘ra, talab
marketing maqsadini shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga
imkon beradi. Talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha
strategiyani quyidagicha alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko‘pchilik qismi tovarni qabul
qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatda bo‘ladi. Marketing
xizmatining vazifasi – nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing
dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, baholarni pasaytirish
orqali tovarga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish mumkinligini tahlil
qilish va talabni yanada faol qo‘llab-quvvatlashdir.
2. Mavjud bo‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari
va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi – xaridorlarda
ushbu tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otishdir.
3. Yashirin talab. Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar
va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega bo‘ladilar.
Bu holda marketingning vazifasi – potensial bozor hajmini aniqlash va
talabni qondirishga qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.
4. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir
yoki bir necha tovariga bo‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda
konyukturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi
maqsadli bozorlar topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish
yoki yanada samarali aloqalar (kommunikatsiya) o‘rnatish bilan tovar
yetkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda marke-
Tovar assortimentini rejalashtirish. Talabni shakllantirish va taqsimotni
rag‘batlantirish. Savdo – siljitish faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish.
Ishlab chiqarish assortiment tarkibi. Tovarning rivojlanish an’anasi. Yangilik kiritish
siyosati. Tovar raqobatbardoshligi. Narx siyosati.
Aloqalarni rivojlantirish. Reklama. Taqsimotni ixtisoslashtirish. Korxona imidjini
shakllantirish. Siljitish – tovar harakati kanalini tanlash. Mahsulotni sotishni optimal sharoitlarini aniqlash. Sotuvni bashorat qilish.
tingning vazifasi – pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni
taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.
5. Doimiy bo‘lmagan talab. Ko‘pchilik korxonalarda tovar yetkazib
berish mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning
asosiy fondlarini kam yoki ko‘p yuklash muammosini tug‘diradi.
Masalan, jamoat transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar
haddan ziyod ko‘p bo‘ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifasi –
o‘zgaruvchan (egiluvchan) baholar yordamida, rag‘batlantirish va boshqa
ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo‘yicha tebranishini tekislash
yo‘llarini izlashi lozim.
6. To‘laqonli talab. Bu talab to‘g‘risida tadbirkorlar o‘z savdo tushumlaridan,
foydalaridan to‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketingning
vazifasi – iste’molchilar tovarni afzal ko‘rishlari o‘zgarishiga va
raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab
qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitda tovar sifatini yanada oshirish,
unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini
doimiy nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi.
7. Haddan tashqari yuqori bo‘lgan talab. Bozordagi talabni qondirish
mumkin bo‘lgan darajadan talab darajasi yuqori bo‘ladi. Bu holda marketingning
vazifasi – talabni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish
yo‘lini izlab topishdir. Bu vaziyatda baholarni ko‘tarish orqali, talabni
qisqartirishga qaratilgan rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa
choralar yordamida haddan tashqari yuqori bo‘lgan talabni kamaytirishga
harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning maqsadi – talabni butunlay
yo‘q qilish emas, balki faqatgina uning darajasini pasaytirishdan iborat.
8. Noratsional talab. Tovarga bo‘lgan talabga qarshi harakat qilish. Sog‘liqqa
zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi,
sigaretlar, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar
o‘tkaziladi. Marketingning vazifasi – mahsulot zarari to‘g‘risida ma’lumotlar
tarqatish, baholarni ko‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali,
iste’molchilarni o‘z odatlaridan voz kechishga ishontirish.
Marketing faoliyatida ushbu holatlarga to‘g‘ri keladigan quyidagicha
marketing turlari mavjud:
1. Konversion marketing – bozordagi salbiy talabni hal qilishda yordam
beradi, ya’ni mahsulotga talabni hosil qiladi, ushbu holatga ishontirish
va tovar to‘g‘risidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish orqali erishiladi.
Bunday hollarda reklama tadbirlari orqali talab vujudga keltiriladi.
2. Rag‘batlantiruvchi marketing – bozordagi talabni qo‘zg‘atadi, tovarlar
iste’molchilarni qiziqtirmay qo‘ygan bo‘lsa, tovarlarni joylashtirish
va tarqatish ishlari noto‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa talab mavjud bo‘lmasligi
mumkin. Mana shunday sharoitda rag‘batlantiruvchi marketingning asosiy
maqsadi iste’molchilar o‘rtasida yaxshi aloqa o‘rnatish orqali talabni yaratishdan
iboratdir.
3. Rivojlanuvchi marketing – potensial talab mavjud bo‘lgan holda
uni real talabga aylantirishdan iborat bo‘ladi. Potensial talabni real talabga
aylantirish maqsadida asosan yangi tovarlar yaratish ustida ish olib borish
lozim.
4. Remarketing – bozor muhitidan kelib chiqqan holda talabning
pasayishi turli davrlarda turlicha hollarda har qanday tovar uchrashi mumkin.
Mana shunday hollarda remarketingning vazifasi talabni o‘z holiga tiklash
zarurligini oladi, ya’ni tushib ketayotgan talabni harakatlantirishdan
iborat.
5. Sinxromarketing – bozor muhitida talab doim o‘zgarib turadi,
talabni muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi. Mana shunday holda sinxromarketing
o‘zgarib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga
solishga yordam beradi. Talab mavsumiy va boshqa o‘zgarishlar natijasida
mahsulotning taklifi talabga to‘g‘ri kelmaydi. Shunga ko‘ra sinxromarketingning
asosiy vazifasi talab va taklif muvozanatini saqlab qolishdan iborat.
6. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing turi – talab tadbirkorlik faoliyatining
imkoniyatlariga to‘liq javob beradi, talabning bir me’yorda bo‘lishiga
erishish kerak. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing – tovarlar va xizmatlar
assortimentini to‘ldirish, mahsulotlarga yangiliklar kiritish va narxlarni
pasaytirish orqali mavjud bo‘lgan talab va taklif muvozanatini saqlab qolishga
harakat qiladi.
7. Demarketing – talab haddan tashqari yuqori uni kamaytirishga
erishish kerak bo‘ladi. Demarketingning vazifasi narxni oshirish, servisni
kamaytirish orqali talabni pasaytirishdan iborat.
8. Qarama-qarshi harakatlanuvchi marketing – jamiyatdagi keng aholi
qatlamining sog‘lig‘ini inobatga olgan holda zararli bo‘lgan tovarlarga nisbatan
qo‘llaniladi. Bunday hollarda noratsional ehtiyojlarni qondiruvchi xizmatlarga
bo‘lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo‘q qilishga harakat
qilinadi. Ushbu holatni antireklama vositasi orqali ham hal qilish mumkin.
Marketingning asosiy turlari uning qo‘llash sohalari va obyektlariga
muvofiq quyidagi holatlarga ko‘ra guruhlanadi:
1. Ichki.
2. Tovarlar bo‘yicha.
3. Eksport.
4. Import.
5. Ilmiy texnik.
6. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritish marketingi.
7. Xalqaro marketing.
8. Notijorat faoliyati sohasidagi marketing.
9. Ijtimoiy g‘oyalar marketingi.
Tayanch so‘zlar: marketing va ayirboshlash, ehtiyojni qondirish,
marketingli qarorlar, korxona manfaatlari, salbiy talab, yashirin talab,
mavjud bo‘lmagan talab, pasayayotgan talab, doimiy bo‘lmagan talab,
to‘laqonli talab, o‘ta yuqori talab, noratsional talab, konversion marketing,
marketing maqsadlari, marketing strategiyasi, milliy iqtisodiyot manfaatlari,
korxona bozorlari, ochiq va yopiq tizim.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling