Korxonalarda qo'llaniladigan texnalogik uskuna moslama vositalarini taminlash choralari reja
Korxona xovlisini yо‘llar va yo’laklar
Download 103.5 Kb.
|
kORXONALARDA QO\'LLANILADIGAN TEXNALOGIK USKUNA MOSLAMA VOSITALARINI TAMINLASH CHORALARI
Korxona xovlisini yо‘llar va yo’laklar.
Zamonaviy paxta, ipak to’qimachilik va yengil sanoati korxonalari ishlab chiqarish, maishiy va yordamchi xujalik, binolaridan tashkil topadi va ular turli-tuman belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan: portlash xavfi, yong‘in xavfi, zararli gazlar va changlar ajralib chiqishi, avtomobil va temir yo’llar va x.k. lar bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, ishlovchilarga qulayliklar yaratish niyatida korxona territoriyasini aloxida gruppalarga, ya’ni zonalarga bo’linadi. Zonalarga ajratish, xar bir binoning vazifasiga sanitariya xarakteristikasiga, xomashyoning yonuvchanligiga, texnologik jarayonga, transport xizmatiga, ishlovchilar soniga va boshqa kuplab faktorlarga bog’liq. Korxona xovlisini planlashtirishda avtomobil yo’llarning va piyodalar yo’laklarining eng oddiy va qo’llay sxemasi tanlanadi. Bunda avtomobil yo’llari bilan piyodalar yo’llari kesishmasligiga e’tibor berish kerak. Kesishmasligining iloji bo’lmaganda yer osti yo’llari yoki kushimcha yo’llar kurish bilan xavfsizlik ta’minlanishi kerak. Magistral avtomobil yo’llarining eni 6 yoki 3 songa bo’linadigan qilib olinadi. Korxonada odatda yo’llar tutash bo’lishi kerak.Ayrim xollarda tupik yo’llar bo’lishiga ruxsat etiladi, agarda ularning uzunligi 100m dan oshmasa. Piyodalar uchun mo’ljalangan yo’lkalarning (trotuar) eni 0,75 m, dan kam bo’lmasligi kerak. Korxona xovlisini obodonlashtirish, unga daraxt gul va butalar ekish, maysazorlar ajratib kuyish - yong’innning tarkalib ketmasligi uchun, shovqin va changli havoning tarkalib ketmasligi uchun himoya lentalari hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bino ichidagi ishchilarni yo’ldan utayotgan transport shovqinlaridan, kuyosh radiatsiyasidan saqlaydi. Mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ochiq havoda dam olish joylari tashkil qilish imkoni beradi va x.k. Odatda fabrika oldi maydonlari, magistral yo’llar chetlari, qurilishdan bush barcha joylar, ayniqsa maishiy binolar atrofi, oshxona, tibbiy yordam punkti, dam olish joylari, suv olish nasos stansiyalari, suv xavzalari toza havo olish zonalari. Daraxt va butalarni transport vositalarining harakatiga, injenerlik tarmoqlarining o’tkazilishiga va yo’llarni yoritish uchun o’rnatiladigan chiroqlarga xalakit bermasligini hisobga olish kerak. Ular yo’l harakatiga xalakit bemasligi, belgilar yaqqol kurinib turishi kerak. Mashina yo’llari, piyodalar yo’laklari, yuk tushirish va ortish maydonlari hamda korxona xovlisidagi ish joylari yoritilishi shart. Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling