Korxonalarda qo'llaniladigan texnalogik uskuna moslama vositalarini taminlash choralari reja
Kizil-takiklash bevosita xavf, yong’inga qarshi texnikaning belgilanishi; Sarik
Download 103.5 Kb.
|
kORXONALARDA QO\'LLANILADIGAN TEXNALOGIK USKUNA MOSLAMA VOSITALARINI TAMINLASH CHORALARI
Kizil-takiklash bevosita xavf, yong’inga qarshi texnikaning belgilanishi; Sarik - ogoxlantirish, mumkin bo’lgan xavf belgisi;
Yashil - xavfsizlik “shu yerdan chikilsin” belgisi; Kuk kursatma, yong‘in xavfsizligi belgilari, axborot. Korxona xududida, ishlab chiqarish xonalari va ish urinlarda xavfsizlik belgilarini o’rnatish joylari, ular o’lchamlarning tartib raqami (nomeri) ni, shuningdek, xavfsizlik belgilariga doir tushuntirish yozuvlarini qo’llash tartibini korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi kumitasi va tegishli davlat nazorat tashkilotlari bilan kelishgan xolda belgilaydi. Xavfli mintaqa deb, ishlayotgan uskunalar va harakatlanuvchi uzel hamda detallar yoki ish asbabi harakatinng chekka nuqtalari yaqindagi bushlikka aytiladi. Xavfli mintaqa ishlov berilayotgan ashyolardan otilib chikayotgan mayda zararlarning va uskunalardagi yomon maxkamlangan yoki signalangan detallarning otilib borishi masofasi bilan, shuningdek ish o’rnida tuplangan bug’lar, gazlar va chang miqdori, bilan belgilanishi mumkin. Ishlovchilar xavf-xatardan xoli bo’lish uchun jomakor, sochni yaxshi berkitib turadigan bosh kiyimi kiyib olishlari kerak. To’g’ri loyihalangan va zamonaviylashtirilgan uskunalardan kul - oyok hamda kiyimning xavfli mintaqalarga tushib qolish extimoli bo’lmaydi. Uskunalardan foydalanishdagi xavfsizliki oshirish maqsadida maxsus saklovchi tuzimlar qo’llaniladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sanoatimiz oldida to’rgan muhim vazifalardan biridir. Uning vazifasi mehnat unumdorlishini oshirishdan, ishlab chiqarish texnologik jarayoni takomillashuvini va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash, ta’milashdan iborat. Korxonalarda ishchi-xazmatchilarning kattik charchashi va zurikishga barxam beradigan qulay mehnat sharoitini yaratish uchun og’ir hamda sermehnat ishlar mexanizatsiyalashtirilishi va ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilishi zarur. Sermehnat jarayonlar mexanizatsiyalashtirilganda ularning miqdori va ishlab chiqarishda shikastlanishlar soni keskin kamayadi. Korxonalarda joriy etiladigan mexanizatsiyalash vositalari tashish ishlarini bajarishni tezlashtiradi, ammo ular odamning doimiy kuzatuvi ostida va bevosita ishtiroki bilan ishlaydi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish keng doirada amalga oshirilmokda, bu esa texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish ishlarini ishtiroksiz joylarda mehnatni yengillashtirmokda, mehnat yaxshilanmokda. Bunda ishchi mashina va mexanizmlar ishni nazorat qiladi hamda xavfsiz masofada turadi. Bullardan tashqari, eng muhim - shikastlanish xavfi barxam topadi. Ish jarayonida ishchi ruxiy xolati tangligini pasaytirish va mehnat muhofazasini ta’minlash uchun sexlarning ichki va tashki tomondan pardozlash va unda ranglarning odamga fiziologik va psixologik ta’sirini hisobga olish muhimdir. Xonadagi ranglar okilona tanlanganda odamda bayram kayfiyati hosil qiladi. Masalan, sexlarda ship, deraza teshiklari ok rangga, devorning yuqori qismlari och havo rang, pastki (panellar) va to’siqlar - havo ranglarga bo’yaladi. Mashinalarning ustki qismlarini okilona bo’yash kuzni charchashidan saqlaydi va baxtsiz xodisalarning oldi olinadi. Bunda asosan kuk va shunga yaqin ranglar tanlanadi. Mashinaning harakatdagi qismlari kishi dikkatini uziga jalb qilishi kerak, shuning uchun ularni yorkinorok (ochiq) ogoxlantiruvchi ranglarga bo’yaladi. Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling