Korxonalarni boshqarish tizimini takomillashtirish muammolari


KORXONALARNI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI


Download 64.25 Kb.
bet3/4
Sana07.03.2023
Hajmi64.25 Kb.
#1244669
1   2   3   4
Bog'liq
boshqarish

KORXONALARNI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI

Respublikamizdagi iqtisodiy isloҳatlarning chuqurlashuvi va bozor iqtisodiyotiga o`tish korxonalarni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishni ob`ektiv talab etadi.Bu narsa bir tomondan xo`jalik faoliyatini demokratlashtirish va boshqaruvning barcha bo`ғinlarida bozor munosabatlarining tamoyillariga asoslangan xo`jalik yuritishning yangi usullariga sekin-asta o`tish zaruriyati bilan boғliqdir. Ikkinchi tomondan iqtisodiy usullar yordamida xo`jalik munosabatlari tizimini bozor sharoitlariga ҳarakatlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgang iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishni takomillashtirish bilan asoslanadi.


Bozorning shakllanishi uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish,kichik biznesni qo`llab-quvvatlash,yangi soliq tizimi va moliyaviy nazorat,tijoratli tavakkalchiliklarni suғurtalash va boshqalar bilan boғliq bo`lgan funktsichlarni amalga oshirishning tashkiliy ko`rinishlari zarurdir.
Yangi boshqaruv paradigmasining printsiplari korxonalarni boshqarishni takomillashtirish tizimining asosini tashkil etish kerak. Tezkor boshqaruv sharoitlarida bu printsiplar ishlab chiqarishni iste`molga, bozor talablarini qondirishga bo`ysundirish tashkiliy boshqarish mexanizmlarining xarakterini aniqlashga imkon beradi. Ayniqsa, ular oҳirgi yillarda keng ko`lamd tarqalayotgan strategik boshqarish kontseptsiyasini tushunish uchun juda zarurdir. Bu printsiplar quyidagilarga imkon beradi: strategiyani rejalashtirish jarayonining tarkibi, bozorni strategik segmentlashning aҳamiyati va uslubiyotini tushunish:strategik muqobillarning taҳlili va strategiyani tanlashda foydalanilgan yangi uslubiy vositani o`rganish:firma oldida turgan maqsadlar va strategik o`zgarishlar sharoitlariga erishishni ta`minlovchi strategiyani amalga oshirishning boshqarish tizimi va boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini tanlash va loyiҳalash.


BOZOR VA MARKETING STRATEGIYASI.

Strategiyaning umumiy ilmiy uslubiyoti boshqaruv usullari murakkab binosining poydevorini tashkil etadi.Turli xil boshqaruv ishlarida qo`llaniladigan yondashuvlar, priyomlar, usullar konkret usullar deb ataladi. Ular menejmentechadigan boshqaruv masalalarining ko`pligi, turli murakkabligi va tarkibini aks etuvchi xilma-xillikni tansiflaydi.


Konkret usullar quyidagi uchta yo`nalish bo`yicha tavsiflanadi:funktsional kichik tizimlarni boshqarish usullari:menejment funktsiyalarini boshqarish usullari:
boshqarish echimlarini qabul qilish usullari.
«Marketing» kichik tizimida bu usullar quyidagilardan iborat:

-maҳsulotlar bozorida korxona ҳolatining diagnostikasi;

-potentsial bozorlarda korxona imkoniyatlarining taҳlili;

-ҳayotiy davri poғonalarni ҳisobga olgan ҳolda maҳsulotni

ishlab chiqarish dinamikasini aniqlash;

-yangi turdagi maҳsulotlar va bozorlarga eҳtiyojni aniqlash;

-marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish va boshqalar.

Marketing-bozor ҳolatini asosli o`rganish va oldindan baҳolash bilan tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish ҳamda shu yo`sinda yaxshi foyda topishni uyushtirish bo`lib bozor iqtisodiyotining muҳim unsuri bo`lib ҳisoblanadi.Marketing ishi maҳsus marketing dasturlari orqali amalga oshiriladi.


Ularda xaridorlarni va raqiblarni o`rgantish asosida tovarlar sifatini yaxshilash, tovar narxini o`zgartirish, reklama o`tkazish,tovarga talabni o`rganish,tovarlarni o`z vaqtida etkazib turish,xaridorlarga ma`qul tushadigan xizmat ko`rsatish kabi chora-tadbirlar nazarda tutiladi.Ishlab chiqarish marketing vositasida ғoyat tez o`zgarib turadigan bozor talabiga moslashadi va samaraga erishadi .Tovar ishlab chiqaruvchilar marketing tufayli bozor bilan uzviy boғlanadilar,ishlab chiqarish manbalarini bozor talab tovarlar yaratishga qaratiladilar,soҳibkorlik va tijorat ishlarini rejalashtiradi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi reaktiv boshqaruvdan strategik boshqaruvga o`tishni talab qiladi.Bu faqatgina konkret boshqaruv tizimlariga taalluqli bo`libgina qolmasdan,marketingni qo`llashda boshqaruv modellarini, baҳolash va tanlash ҳamda kontseptual yo`nalishlarni aniqlash jarayonlariga ҳam tegishlidir.Marketingni boshqarish tizimi va modellarini ishlab chiqishda nafaqat marketing tizimini qo`llashning bugungi imkoniyatlarini baҳolash,balki marketingni boshqarishning o`zgaruvchan iqtisodiy muҳitga moslashish imkoniyatlarini ta`minlashni ҳamda rivojlangan bozor sharoitida potentsial imkoniyatlarni amalga oshirishga imkon beruvchi marketing elementlarini boshqaruv tizimiga kiritishni ҳam baҳolash muҳim aҳamiyatga egadir.
Firma strategiyasi eng istiqbolli maҳsulot turlarini, ularning bozordagi strategik o`rni,strategik quvvatlashning yo`nalishlari va turli zonalar uchun strategiyaning ko`rinishlarini,optimal strategik maҳsulotlarni belgilaydi.
Strategiya marketingli faoliyatni yoki marketing rejasi firma strategiyasini belgilaydi.

Maҳsulotning xarakteri va bozordagi o`rniga qarab marketing strategiyasini tanlash amalga oshiriladi. Marketingni siyosat talab va taklif nisbatining xarakteriga moslashadi.



Download 64.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling