Soliqlar о‘zgarishining makroiqtisodiy muhitga ta’siri qaysi javobda tо‘g‘ri yoritilgan?
Soliqlar yalpi talab darajasi va tarkibiga ta’sir о‘tkazadi, bozor talabi mexanizmi orqali ishlab chiqarishning о‘sishiga ta’sir qiladi yoki unga tо‘siq bо‘ladi;
soliq stavkalarining о‘zgarishi iqtisodiyotda jamg‘arish darajasini va о‘z navbatida iqtisodiyotga yо‘naltirilgan investitsiyalarning о‘zgarishiga sabab bо‘ladi;
soliqlarning hajmi ishlab chiqarish xarajatlari va tovar (ish, xizmat)lar narxi о‘rtasidagi nisbatni, shuningdek mehnatga haq tо‘lash darajasini ham belgilab beradi;
barcha javoblar tо‘g‘ri.
Qaysi javobda soliq-byudjet siyosatining mohiyati mantiqan tо‘g‘ri yoritilgan?
ishsizlik va inflyatsiya darajasini cheklash, iqtisodiy о‘sishni qо‘llab-quvvatlash, iqtisodiy krizislarning oldini olish va bartaraf etish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati;
aholi bandligini ta’minlash, inflyatsion jarayonlarni jilovlash va bartaraf qilishga qaratilgan soliqqa tortish hamda davlat xarajatlari sohasida olib boriladigan barqarorlashtiruvchi siyosat;
davlatning ijtimoiy, ekologik va demografik jarayonlarga ta’sir kо‘rsatishga, tartibga solishga qaratilgan siyosati;
davlatning narx-navoni tartibga solish, pul emissiyasini boshqarish va ishsizlikni oldini olishga qaratilgan siyosati.
Davlatlarda byudjet daromadining asosiy manbai nima hisoblanadi?
Davlat mulkini sotishdan tushumlar;
Soliqlar;
Soliqsiz tо‘lovlar;
Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan daromadlar
Davlat byudjeti loyihasida daromad manbalarining guruhlanishi qaysi javobda tо‘g‘ri kо‘rsatilgan?
Bevosita soliqlar, bilvosita soliqlar, resurs tо‘lovlari va mol-mulk solig‘i, yuqori foydaga soliq, boshqa daromadlar;
Tо‘g‘ri soliqlar, egri soliqlar, boshqa daromadlar;
Soliqli daromadlar, soliqsiz daromadlar, bojxona va davlat bojlari, boshqa daromadlar;
Biriktirilgan, tartibga soluvchi, boshqa daromadlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |