• fan-texnika yutuqlaridan foydalangan qolda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish; • yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o`rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi aloqida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a`zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish; • ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta`sis hujjatlari belgilab berilgan:
-korxona Nizomi; -Ta`sis shartnomasi. Korxona Nizomi asosiy ta`sis hujjati bo`lib, unda korxonaning tashkiliy huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg`armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko`rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning ququqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi.
Korxona Nizomi asosiy ta`sis hujjati bo`lib, unda korxonaning tashkiliy huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg`armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko`rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning ququqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi.
Ta`sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to`ldiruvchi hujjat qam hisoblanadi. Ta`sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o`rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo`yiladi.
Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta`sis shartnomasining muhim qismi qisoblanadi. “Korxonalar to`g`risida” gi qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |