Korxonaning biznes rejasi biznes rejaning mohiyati, maqsadi va vazifalari


Download 24.99 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi24.99 Kb.
#1132423
  1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза


KORXONANING BIZNES REJASI
1. Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va vazifalari
Erkin bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyati biznes rejaga asoslanadi.
Biznes reja – korxona faoliyatining texnik iqtisodiy asoslash, rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil, shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Biznes reja – yangi faoliyat turlarini o’zlashtirish, biznesni yangi shakllarini yaratish hamda korxonani qisqa muddatlarda rivojlantirish rejasi hisoblanadi.1
Iqtisod fanlari doktori professor V. esa “Biznes reja yangi korxonani shakllantirishga yoki biror–bir yangi tijorat faoliyatini amalga oshirishga yo’naltiriladigan harakatlarni asoslashga qaratilgan xujjatdir” degan edi.
Biznes rejani tayyorlash natijasida “Ishni nimadan boshlash kerak?”;“Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?”;“Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi?”;“Investorlar bilan qachon hisob–kitob qilinadi?”;“Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf–xatarni qanday kamaytirish mumkin?”;“Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?” kabi savollarga javob olinadi.
Biznes reja quyidagi maqsadlar uchun tuziladi:

  1. Korxonaning faoliyat darajasini aniqlash uchun.

  2. Tadbirkorlik faoliyatining xavf–xatarlarini kamaytirish uchun.

  3. Biznes faoliyatini kelgusida rivojlantirish yo’nalishlarini miqdor va sifat ko’rsatkichlari tizimi ko’rinishida aniqlashtirish uchun.

  4. Investor e’tibori va qiziqishini jalb qilish uchun.

  5. Jalb qilinadigan moliyaviy mablag’larning istiqbolligini aniqlash uchun.

  6. Ko’rsatkichlarni rejalashtirish bo’yicha tajribaga ega bo’lish uchun.

Biznes reja quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
1. Biznesni yuritish konsesiyasini ishlab chiqish.
2. Korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash.
3. Korxona strategiyasini amalga oshirish quroli.
4. Pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.



Download 24.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling