Korxonaning biznes rejasi biznes rejaning mohiyati, maqsadi va vazifalari
Download 24.99 Kb.
|
Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Friend G., S.Zehle. Guide to Business Planning. The Economist in Association with PROFILE BOOKS LTD., 2004. 8 page
- 3 Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 305 стр.
6.4. Rezyumeni yoritish tartibi
Rezyume biznes reja yakunlangandan so’ng tuziladi. Bunda biznes reja tuzuvchilar va rahbarlar loyihaning barcha jihatlari bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’ladilar. Rezyumeni ishlab chiqish – bu ahamiyatga molik masala bo’lib, agar u ijobiy taassurot qoldirmasa, biznes reja o’qilmaydi va unga mablag’lar ajratilmaydi. Rezyume biznes rejaning qisqa tavsifi bo’lib, uning hajmi 4 varaqdan oshmasligi lozim. U sodda, tushunarli va aniq ifodalanishi lozim. Bunda maxsus terminlardan kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Rezyumeda katta e’tibor siz nima qilmoqchi ekanligingizga qaratilib, nima hisobiga sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotidan farq qiladi. Nima uchun iste’molchilar aynan sizning mahsulotingizni sotib olishni hohlaydilar? Rezyumening oxirgi varaintda loyihani amalga oshirish natijasida erishilishi kutilayotgan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Shuningdek, bu varaqda yaqin yillardagi sotish hajmi, yalpi foyda, xarajatlar rentabellik darajasi hamda jalb qilingan mablalarni qaytarish muddati ham ko’rsatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Biznes rejani tayyorlash davomida, 2 ta asosiy savolni ushlab turishingiz lozim. Bular “Biznes rejani samarali amalga oshirish natijasida men nimaga ega bo’laman?” hamda “pul mablalarini yo’qotish xavfi qanday?”. Iqtisodchi olimlar va tadbirkorlar tajribasi tahlili biznes rejaning ushbu qismiga yetarli ahamiyat berilmayotganligini ko’rsatadi. Biznes rejaning qisqa tavsifining mazmuni quyidagi masalalarga javob berishdan iborat bo’ladi: Biznes: biznes faoliyatini shakllantirish va uni rivojlanish tarixi; biznes faoliyat maqsadining qisqacha tavsifi; aksiyalarni taqsimlanishi va rahbarlarning strategik qarorlarni qabul qilishda ma’suliyati. Mahsulot: mahsulotni nima mukammal qiladi hamda uni farq qiluvchi xususiyatlari xususan raqobatchi mahsulotdan farq qiluvchi jihatlari. Bozor: – mavjud bozor sig’imi; – taqsimlash kanallari; – o’sish prognozi; – ehtimol qilinayotgan bozor ulushi. Rahbar va personallar: – yaratiladigan ish o’rinlarining soni; – mutaxassis va xizmatchilarning malaka darajasi; – mazkur biznes faoliyatidagi mavjud tajribalarning qisqacha tavsifi. Moliyalashtirish: – talab qilinadigan moliyaviy mablalarning aniq maqsadi; –daromad va sof foyda prognozi; –kutilayotgan foyda prognozi. Qisqacha xulosalar Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatning rejalashtirish biznes rejaga asoslanadi. Biznes reja – korxona faoliyatining texnik-iqtisodiy asoslash. Rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Raqamlar, grafiklar, yangi tovar (xizmat)lar namunalari xujjatlari bilan ifodalangan yetkazishning eng qulay usuli bo’lib hisoblanadi. Biznes reja xissadorlarni aktsiyalarni sotib olishga va ishni moliyalashtirishga qiziqtirish, shuningdek mablag’larni investitsiyalashning istiqbolligini isbotlash uchun ham xizmat qiladi. Biznes reja amaldagi firmalar bilan birga yangitdan tashkil etilayotgan firmalar uchun ham tuziladi. Agar biznes reja yangi korxona uchun tuzilayotgan bo’lsa, u holda xalqaro iqtisodiy amaliyotda umumiy holda qabul qilingan uslubiyatga asoslanish talab etiladi. Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda firma faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilgandan so’ngina reja tuziladi. 1 Friend G., S.Zehle. Guide to Business Planning. The Economist in Association with PROFILE BOOKS LTD., 2004. 8 page 2 Friend G., S.Zehle. Guide to Business Planning. The Economist in Association with PROFILE BOOKS LTD., 2004. 19 page 3 Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 305 стр. Download 24.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling