7.Asosiy uzatma va differentsiallarni ajratish-yig‘ish,
ta'mirlash va TXK.
.
8. Xulosa
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga binoan oliy ta’limda ikki bosqichli — bakalavriat va magistrlik ta’lim yo'nalishlariga o'tildi. Tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha Davlat ta’lim standartlari yaratilib, ular asosida fan dasturlari ishlab chiqildi. Bu fan dasturlari asosida darsliklar yaratilmoqda. Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish bo'yicha konsepsiya ham ishlab chiqilgan.
Mashinalarni ishonchli va uzoq muddatga ishlashini kafolatlash uchun ular ilmiy-tadqiqot ishlari asosida loyihalanib yasalishi va tegishli sinovlardan o'tkazilib, ularga o‘z vaqtida texnik qarov va servis xizmat ko'rsatilishi lozim.
Bu borada biz ta‘lim standartlariga asosan “Xorazmavtotexxizmat” MCHJ korxonasida amaliyot o‘tadik. Amaliyot o‘tash davrida olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash uchun, ularni amalda bajarish uchun katta imkoniyat yaratildi. Bu amaliyot davrida biz ko‘plab milliy va chet el brendidagi avtomobillar konstruksiyalari, uzel va mexanizmlarining ishlash prinsipi va ularni ajratish-yig‘ish, ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bilan yaqindan tanishib oldik.
10.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Traktor va avtomobillar: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llnma. A.l.Kornilov, Q.A.Sharipov, N.T.Umirov, Z.Yu. Yusupov; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. — Т.: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007 —344 b.
2. Y .I.Borovskix , Y.V.Buralev, K .A .Morozov , V .M .Nikifarov , A.I.Fehenko Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash (Kasb -hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma) Tashkent - «Talqin» -2005
Do'stlaringiz bilan baham: |