Korxonaning boshqaruv sturkturasini tavsifi


Korxonaning iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlari


Download 127.79 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi127.79 Kb.
#1608382
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliyot hisoboti. XORAZMAVTOTEXXIZ

5.Korxonaning iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlari
tasnifi.
"O‘zDEU avto" yopiq aksiyadorlik jamiyati avtomobil zavodining uzluksiz rivojlanishi barobarida korxona xizmat ko‘rsatish va savdo faoliyati ham ancha yuksala bordi.
1996-yili aholiga 1 mln 426 ming so‘mlik texnik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 400 mln 324 ming so‘mni tashkil qildi yoki 1996-97 yillarga nisbatan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish darajasi 192 barobarga ko‘paydi.
2006-yili axoliga 111 mln 975 ming so‘mlik texnik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2009-yilga kelib bu ko‘rsatkich 315 mln 405 ming so‘mni, 2010-yilda esa 400 mln 324 ming so‘mni tashkil qildi. Bu demak 2006-yilga nisbatan o‘sish sur’ati 357 foizdan ortiqni tashkil qildi.
1997-yili 1186 ta, 2006-yili 2499 ta avtomobil sotilgan bo‘lsa, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 3888 donani tashkil qildi.
2007-yili Bosh texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy uslubda qayta jihozlandi. Kapital ta’mirlash jarayonida Bosh texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi kengaytirilib, 30 postli zamonaviy servis shaxobchasiga aylantirildi. Bunda ishchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratildi; kiyim almashtirish, yuvinish, dam olish, ovkatlanish xonalari tashkil qilindi. Ish o‘rinlar soni 20 taga ko‘paytirildi..
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17. 04. 2006 yilda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida 2006- 2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-325- sonli Qarorining korxona mikyosida bajarilishini ta’minlash, jumladan, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar turini ko‘paytirish maksadlarida korxonada 2008—2010 yillarda 5 ta yangi xizmat turlari joriy qilinib, yangidan yana 20 ga ish o‘rni ochildi. Jumladan, zamonaviy uslubda jihozlanib, yukori texnologik asbob-uskunalar bilan ta’minlangan avtomo- billarga gaz ballon uskunalarini o‘rnatish, avtooynalarni ta’mirlash, shovqindan muhofaza qilish, diagnostika va tyuning markazlarida malakali ustalar xalqimizga yuqori Sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatmokdalar.
Korxonadagi xizmat ko‘rsatish bo‘limlari mijozlarga qulaylik va yengillik yaratadi. Bunday bo‘limlardan biri savdo bo‘limidir. Bu bo‘limda xodimlar yaxshi muomila bilan mijozlarga avtomobil sotib olishi,sug‘urta qilish va o‘z nomiga rasmiylashtirish,davlat raqam olish,mijoz xohishiga binoan avtomobilga buyurtma berish xizmatlari ko‘rsatiladi.
Mijozlar avtomobillar xarakteristikasi bilan tanishtirish, uning yukxona va salon hajmi, ekspluatatsiya muddatlari kabi ma‘lumotlarni ham aynan shu bo‘limdan olishlari mumkun.



Download 127.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling