Korxonaning boshqaruv sturkturasini tavsifi


Download 127.79 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi127.79 Kb.
#1608382
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliyot hisoboti. XORAZMAVTOTEXXIZ

2.Korxona tarixi.
1969-yili O‘zbekiston Respublikasi Maishiy xizmat vazirligi tasarrufida viloyatimizda "Avtotexxizmat" korxonasiga asos solindi. Keyinchalik bir qancha texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar birlashtirilib 1985-yilga kelib Avtotexxizmat ixtisoslashgan korxonalar birlashmasi tashkil qilindi. 1995-yilga kelib esa shu korxona negizida "Xorazmavtotexxizmat" ochiq hissadorlik jamiyati tashkil qilindi.
Korxona tashkil qilinganda bir qancha tarqoq ustaxona va shaxobchalardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1973-yili Urganch shahrida 4 postli 1-sonli texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi, 1976-yili Xiva shahrida 7 postli 2-sonli texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi, 1990-1991 yillarga kelib esa Urganch shahrida 20 postli Bosh TXS va Gurlan tumanida 4 postli 3-sonli TXS qurib ishga tushirildi. Bu ishlarni amalga oshirishda shu yillari korxonaga 9 yil rahbarlik qilgan Yuldashev G‘oyibnazar Yuldashevichning, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi boshlig‘i va ta’minotchi lavozimlarida uzoq vaqt ishlagan Kutliyev Madaminlarning xizmatlari katta bo‘lgan. Bugungi kunda jamoaga Bektemir Avazniyozov raxbarlik qilmoqda.
1996-yilga kelib "O‘zDEUavto” yopiq aksiyadorlik jamiyati avtomobil zavodining ishga tushirilishi va bu qo‘shma korxona bilan dillerlik asosida hamkorlikda faoliyat olib borilishi natijasida korxona yana ham rivojlana boshladi.

Korxona Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov va konkurslarda ham faol qatnashib, yuqori o‘rinlarni olib kelmoqda. Jumladan, 2007-yili Respublikamiz mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlab "O‘zavtosanoat" aksionerlik kompaniyasi tasarrufidagi korxonalar o‘rtasida ishlab chiqarish samaradorligi, xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifati, ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari, xavfsizlik qoidasi, mehnat gigiyenasi, korxonalarda ishchilarga va mijozlarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda "O‘z-Semyung” va "Samavto" KKdan keyin korxona faxrli 3-o‘rinni egalladi.


2009-yili mustaqilligimizning 18 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda esa korxona kompaniyaning 70 dan ortiq korxonalari ichida faxrli 2- o‘ringa loyiq deb topildi va 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Yilning eng yaxshi ustalarini aniqlab, rag‘batlantirib borish maqsadida "O‘zavtotexxizmat" aksiyadorlar birlashmasi tizimida o‘tkazilayotgan konkurslarda korxona ustalari har yili faol qatnashib, 2-3-o‘rinni olib kelayotgan bo‘lsa, 2009-yili o‘tkazilgan "Usta-2009" jamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. konkursida umum jamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
2010-2011 yillarda korxonani iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, yangi xizmat turlarini joriy qilish, ishchilar uchun mehnat qilish va dam olish sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, mijozlarga yaratilayotgan qulayliklarni yana ham yaxshilash maqsadlarida tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, rejaga asosan bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, o‘tgan 2010-yilda biznes rejaga asosan 364,8 mln so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 400,3 mln so‘mlik xizmat ko‘rsatildi, bu demak biznes reja 110 foizga oshirib bajarildi, 2009-yilga nisbatan o‘sish sur’ati 127 foizni tashkil qildi. Texnik xizmat ko‘rsatish orqali ehtiyot qismlar sotish reja bo‘yicha 233,5 mln so‘m etib belgilangan bo‘lib, amalda 2 68,4 mln so‘m qilib bajarildi, ya’ni biznes reja 115 foizga bajarilgan bo‘lsa, 2009-yilga nisbatan o‘sish sur’ati 136 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarishni kengaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, yangi xizmat turlarini joriy qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.


3.Korxonaning boshqaruv sturkturasini tavsifi.


Download 127.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling