Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi


Xavfsizlik tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi


Download 249.09 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi249.09 Kb.
#1410603
1   2   3   4
Bog'liq
MEK-82 talabasi Sidiqov F.E. KORXONANING IQTISODIY XAVFSIZLIGI

Xavfsizlik tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • korxona obektlarini, boshqaruvchi rahbarlarning shaxsiy daxlsizligini hamda pul mablag’larini saqlash uchun qo’riqchi-qorovullik xizmatini tashkil etish;
  • korxonaning informatsion ijtimoiy jihatdan himoyalanishini ta’minlaydigan analitik xizmatni tashkil etish. Uning vazifalari ichida razvedka va kontrrazvedka bilan shug’ullanishni tashkil etish uchun strategik muhim subyektlar bilan ishlash.
  • Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uning xavfsizligiga tahdid soladigan xavf-xatarlarni bilish kerak bo’ladi. Buning uchun korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ifodalaydigan parametrlarni o’rganish va ularni tahlil qilish kerak bo’ladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, respublikada korxonalar iqtisodiy xavfsizligini baholash bo’yicha ko’rsatkichlar tizimining ishlab chiqilmaganligi bu boradagi amaliy muammolardan biri bo’lib hisoblanadi.

G.S. Vechkanovning “Ekonomicheskaya bezopasnost” nomli darsligida korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash beshta elementni o’z ichiga olishi aytib o’tilgan:

  • birinchi - iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning tarkibi va xarakterini hamda ularning ta’sir yo’nalishini aniqlash;
  • ikkinchi - iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlarni baholash;
  • uchinchi – iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir ko’rsatadigan tahdidlarni muhimligi va vujudga kelish vaqti bo’yicha guruhlarga ajratish;
  • to’rtinchi – u yoki bu tahdidlarga nisbatan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash strategiya variantini shakllantirish va tanlash;
  • beshinchi – iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha aniq belgilangan chora
  • tadbirlarni aniqlash va amalga oshirish.

Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini son va sifat jihatdan xarakterlaydigan indikatorlarga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish dinamikasi;
  • ishlab chiqarish korxonasining tarmoq va mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmidagi ulushi;
  • ishlab chiqarish quvvatlarining ishga solish amaldagi darajasi;
  • ishlab chiqarish jarayonining barqarorligi;
  • ishlab chiqarishning rentabellik darajasi;
  • aylanma mablag’larni moliyalashtirish uchun o’z manbalari bilan ta’minlanganlik;
  • muddati o’tgan qarzdorlik (debitorlik, kreditorlik);
  • ishlab chiqarishning fond (kapital) qaytimi;
  • asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish sur’atlari;
  • innovatsion faollikning darajasi.

  • Download 249.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling