Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi


Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda beshta elementga ahamiyat berish kerak bo’ladi


Download 249.09 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi249.09 Kb.
#1410603
1   2   3   4
Bog'liq
MEK-82 talabasi Sidiqov F.E. KORXONANING IQTISODIY XAVFSIZLIGI

Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda beshta elementga ahamiyat berish kerak bo’ladi

  • Birinchi - korxona iqtisodiy xavfsizligiga bo’lgan tahdidlarning tarkibi va xarakteri hamda ta’sir ko’rsatish yo’nalishlarini aniqlash. Ikkinchi – korxona iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan tahdidlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash. Uchinchi – korxona iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan tahdidlarning muhimligi va yuzaga kelish vaqti nuqtai nazaridan guruhlarga ajratish. To’rtinchi – u yoki bu tahdidlarga nisbatan korxona iqtisodiy xavfsizligi strategiyasini shakllantirish va uning variantini tanlash. Beshinchi - korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo’yicha aniq chora- tadbirlarni belgilash va amalga oshirish. Korxonaning iqtisodiy xavfsizlik borasidagi strategiyasini puxta ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish milliy iqtisodiyotning eng muhim dastagi bo’lgan korxonalarning barqaror o’sishi va rivojlanishi uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Korxona (firma) faoliyatining asosiy maqsadi foyda (daromad) olish hisoblanadi. SHuningdek, korxona o’z oldiga ishlab chiqarishni kengaytirish, personalning kasbiy mahoratini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan va taklif etilayotgan mahsulotning iste’molchilarini, mijozlarini va insofli sherik, hamkorlarning sonini ko’paytirishni ham maqsad qilib oladi. Korxonaning iqtisodiy manfaatlari, turli ehtiyojlar mavjud sharoitda talabni qondirish, yashash va rivojlanish uchun raqobat kurashi kuchaygan sharoitda himoya qilinadi.

Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda — xo’jalik subyektining moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

  • korxonaning o’z mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsenti, korxona aylanma aktivlarining umumiy aktivlar summasiga nisbati;
  • joriy likvidlik ko’rsatkichi;
  • o’z kapitalining rentabelligi;
  • umumiy to’lovga qodirlik ko’rsatkichi, aktivlar bozor qiymatining xo’jalik subyektining barcha majburiyatlariga nisbati;
  • kapitallashtirish koeffitsienti, bozor qiymatidagi o’z kapitalining qarz
  • mablag’larini balans qiymatiga nisbati;
  • menejment koeffitsienti, sotishdan olingan pul tushumining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati.

Download 249.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling